Hududni tanlang
group

МЕДИМОКС СВ suspensiya

Yo'riqnoma MEDIMOKS SV suspensiya

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Medimoks -156.25; 228,5 ning kunigaikkimarta dozali suspenziyasi. amoksisillinga chidamli shtammlar chaqirgan, beta-laktamazalarni ishlab chikaruvchi quyidagi bakterial infektsiyalarni qisqa muddatli davolash uchun ko'rsatilgan (amoksisillin bilan monoterapiya samarasizligida):

Yuqori nafas yo'llarining (shu jumladan LOR-a'zolarining) infektsiyalari, masalan, qaytalanuvchi tonzillit, sinusit, o'rta otit.

- Quyi nafas yo'llarining infektsiyalari, masalan, surunkali bronxitni zo'rayishi, bo'lakli pnevmoniya va bronxopnevmoniya.

Siydik jinsiy yo'llarining infektsiyalari. masalan. tsistit, uretrit, pielonefrit.

  • Teri va yumshok to'kimalarning infektsiyalari. masalan, Tsellyulit, hayvonlarni gishlashi.

  • Dental infektsiyalar, masalan, tarqalayotgan Tsellyulit bilan og'ir tishli abssess. Amoksisillinga sezgir mikroorganizmlar, Medimoks -156.25; 228,5 ga sezgir beta - laktamazalarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar bilan birga chaqirgan aralash infektsiyalarni, beta-laktam antibiotiklarni qo'shimcha kabul qilishning zaruratisiz, Medimoks -156.25; 228,5 suspenziyasi bilan davolash mumkin

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

beta-laktam antibiotiklarga, masalan, penisillinlar, tsefalosporinlarga o'ta yuqori sezuvchanlik.
  • anamnezdagi Medimoks -156.25; 228,5 ni qo'llash fonida jigar faoliyatini buzilishi yoki sariqlikda qo'llash mumkin emas

Tarkibi

Har 5 ml tayyor suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

Medimoks - 228,5 uchun:
faol moddalar: amoksisillin trigidrati - 200 mg amoksisillinga ekvivalent; kaliy klavulanatini suvsiz kolloid kremniy bilan aralashmasi (1:1) - 28,5 mg klavulan kislotasiga ekvivalent.

Medimoks -156.25 uchun:
faol moddalar: amoksisillin trigidrati - 125 mg amoksisillinga ekvivalent; kaliy klavulanatini suvsiz kolloid kremniy bilan aralashmasi (1:1) - 31,25 mg klavulan kislotasiga ekvivalent.

yordamni moddalar: natriy kroskarmelloza, mikrokristall tsellyuloza, suvsiz kolloid kremniy, ammoniy glisirrizinat, natriy metilgidroksibenzoati (natriy metilparaben), natriy propilgidroksibenzoati (natriy propilparaben), mannigol, aspartam, kuruq Mango aromatizatori.

Farmakodinamikasi

Medimoks -156.25; 228,5 - keng ta'sir doirali antibiotik bo'lib, odatda umumiy klinik va gospital amaliyotida uchraydigan ko'pchilik bakterial patogen bakteriyalarga nisbatan faol. Klavulanatni beta-laktamazalarga susaytiruvchi ta'siri amoksisilliiiipg ta'sir doirasini, shu jumladan boshka beta-laktam antibiotiklarga chidamli ko'pchilik mikroorganizmlarga nisbatan kengaytiradi.

Ko'pchilik antibiotiklarga nisbatan chidamlilik antibiotik patogen mikroorganizmlarga ta'sir qilishidan oldin, antibiotikni parchalaydigan bakteriya fermentlari tomonidan chaqiriladi. Medimoks -156.25; 228,5 ning tarkibidagi klavulanat beta - laktamaza fermentlarini bloklab, bu himoya mexanizmini bartaraf qiladi, shu bilan mikroorganizmlarni organizmda amoksisillin oson erishadigan kontsentrasiyalardagi tez bakterisid ta'siriga sezgir qilib qo'yadi.

Quyida keltirilgan ro'yxatda, mikroorganizmlar Medimoks -156.25; 228,5 ga nisbatan in vitro sharoitidagi sezgirligiga qarab bo'linadi.

In vitroiuapoumuda mikroorganizmlarning preparatga sezuvchanligi

Grammusbat aeroblar: Bacillus anthracis, Enterococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Nocardia asteroids, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus spp. (boshqa (3-gemolitik), Staphylococcus aureus (metisillinga chidamli), Staphylococcus saprophyticus (metisillinga chidamli), Coagulase negative staphylococcus (metisillinga chidamli);

Grammanfiy aeroblar: Bordetella pertussis, Haemophilus influenza, Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida, Vibrio cholera;

Boshkalar: Borrelia burgdorferi, Leptospira ictterohaemorrhagiae, Treponema pollidum; Grammusbat anaeroblar: Clostridium spp., Peptococcus niger, Peptostreptococcus magnus, Peptostreptococcus micros, Peptostreptococcus spp.;

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides fragilis, Bacteroides spp., Caprwcytophagu spp., Eikenella corrodens, Fusobacterium nucleatum, Fusobacterium spp., Porphyromobas spp., Prevotella spp..

Orttirilgan nidamlilik bo'lishi mumkin bo'lgan turlar

Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Proteus spp., Salmonella spp., Shigella spp.; Grammusbat aeroblar: Corynebacterium spp.. Enterococcus faecium, Streptococcus pneumonia, Viridans group streptococcus;

Tabiiy chidamlilikka ega bo'lgan mikroorganizmlar

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Hq/hia alvei, Legionella pneumopnila, Morganella morgana, Providencia spp., Pseudomonas spp,, Serratia spp., Stenotrophomas maltophilia, Yersinia enterolitica,

Boshqalar: Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Chlamydia spp.. Caxiella burnetii. Mycoplasma spp.

Medimoks -156.25; 228,5 amoksisillinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni, shuningdek amoksisillinga sezgir mikroorganizmlar va Medimoks -156.25; 228,5 ga sezgir beta- laktamazalarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar chakirgan aralash infektsiyalarni davolash uchun samarali.

Farmakologik ta'sir

Preparatning ikkala komponenti xam ichga qabul kilingandan keyin tez va yaxshi so'riladi. Agar preparatni bevosita ovqatdan oldin qabul kilinsa, ularni so'rilishi yaxshilanadi. Ichga qabul qilinganda amoksisillin va klavulanat kislotasining Biokiraolishligi taxminan 70% ga etadi. Ikkala komponentning xam plazmadagi kontsentrasiyasining profili bir xil bo'lib, har bir modda uchun cho'qqi kontsentrasiyasiga (Ttax) erishish vaqti taxminan bir soatni tashkil qiladi.

Ichga kabul qilingandan keyin zardobda erishiladigan amoksisillin va klavulanat kislotasining kontsentrasiyalari, amoksisillin yoki klavulanat kislogasining ekvivalent dozalarini alohida ichga kabul qilish natijasida olinadigan

kontsentrasiyalari bilan bir xil.

Plazmadagi klavulanat kislotasining umumiy miqdorini taxminan 25% va amoksisillinning umumiy mikdorini taxminan 18% oqsillar bilan bog'langan holda bo'ladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi amoksisillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg na klavulanat kislotasi uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.

Amoksisillin va klavulanat kislotasi kovuk, korin devori to'kimalari, teri. yog to'qimasi, mushak to'qimalari, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga juda oz miqdorda kiradi xolos. Amoksisillin dastlabki dozasining ko'pi bilan 10-25% ga ekvivalent bo'lgan hajmlarda nofaol penisil kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi. Klavulanat kislotasi odam organizmida jadal metabolizmga uchraydi, siydik va ahlat bilai. shuningdek nafas yo'llari orqali karbonat angidridi xolida chiqariladi. Amoksisillinni asosiy chiqarilish yo'li buyraklar orkali bo'lsa, ayni paytda klavulanat kislotasi organizmdan buyrak va buyrakdan tashqari mexanizmlar yordamida chiqariladi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

МЕДИМОКС СВ suspensiya boshqa turlari

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

MEDIMOKS SV suspensiya dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

MEDIMOKS SV suspensiya dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

MEDIMOKS SV suspensiya dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

MEDIMOKS SV suspensiya haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

МЕДИМОКС СВ suspensiya analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI