App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

Allergologlar Toshkentda

67 shifokorlar

Allergologlar Toshkentda: 67 shifokor, 77 sharhlar, konsultatsiya narxi 70 000 so'mdan 880 000 so'mgacha, o'rtacha 234 605 so'mga onlayn yoki telefon orqali yozilishingiz mumkin

Mutaxassisliklar bo‘yicha
Tuman
Tibbiy muassasa turi
Shifokorning jinsi

Kerakli ma'lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

So'nggi sharhlar

Ib

Ibrohim

28 mart 2026

29- yillik tajribalari bor ekan, zoʻr doktor boʻlsalar kerak, qabullari ham uncha qimmat emas ekan, bu safar shu kishiga boraman.

Sh

Sherozbek

28 mart 2026

Neyromed Servis klinikasida hammasi zo'r 👍

Az

Azizjon Xasanov

28 mart 2026

Отличная клиника! Всё организовано на высоком уровне: чисто, аккуратно, современное оборудование, вежливый и внимательный персонал. Отдельно хочется отметить врача — Саидова Камола Каримовича. Очень грамотный и опытный специалист, внимательно относится к пациентам, подробно и понятно объясняет диагноз и лечение. Чувствуется высокий профессионализм и ответственность.

G’

G’olib Jamolov

28 mart 2026

Ishlariga omad tilayman ishlari juda alo👍🏻

HA

HAYITOVA SHAXNOZA

28 mart 2026

Опытный нейрохирург, которому можно доверить самое ценное — здоровье и жизнь.

Allergolog (allergolog-immunolog)

Allergolog - allergiya va allergik reaksiyalar bilan bog'liq kasalliklar bo'yicha mutaxassis. Bu shifokor diagnostika va davolashni tayinlaydi, allergik kasalliklar profilaktikasi bilan shug'ullanadi. Allergiya insonning immunitet tizimiga bevosita bog'liq bo'lganligi sababli, allergolog ko'pincha allergolog-immunolog deb ham ataladi.

Allergolog-immunologlar qanday kasalliklarga ixtisoslashgan?

Allergik reaksiyalar - allergolog faoliyatining asosiy sohasi. Ular insonning terisi va shilliq pardalarga, burun, bronxlar, ko'zlar, o'pkalar va boshqa ichki organlarga ta'sir qiladi. So'nggi yillarda allergik reaksiyalar keng tarqalgan muammodir.
Allergolog-immunolog tomonidan davolanadigan kasalliklar:
  • Konyunktivit
  • Rinit
  • Sinusit
  • Laringit
  • Astma
  • Oziq-ovqatga allergiya
  • Dori vositalariga allergiya
  • Quyosh nuriga allergiya
  • Uydagi changga allergiya
  • Hasharot chaqishiga allergiya
  • Kvinke shishi
  • Anafilaktik shok
  • Urtikaria (eshakemi)
  • Dermatit
  • Ekzema
  • Immunitet tanqisligi holatlari.

Qanday alomatlar mutaxassis maslahatini talab qiladi?

Alomatlarning namoyon bo'lishi kasallikning mavjudligini ko'rsatadi, shuning uchun qichima, burun oqishi, terining shikastlanishi va boshqa muammolar paydo bo'lsa, darhol allergolog bilan bog'lanish kerak. O'z sog'lig'ini xavf ostiga qo'yib, mustaqil davolanish, o'zi uchun dori-darmonlarni tayinlash yoki xalq tabobatiga murojaat qilish mumkin emas. Bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi va mutaxassisning ishini murakkablashtirishi mumkin.
Ba'zi alomatlar:
  • Konyunktivit
  • Nafas qisilishi
  • Yo'tal
  • Ko’z yoshlanishi
  • Fotofobiya
  • Tumov
  • Aksirish
  • Qichishish
  • Hid sezmaslik
  • Shilliq pardalarning shishishi
  • Ko'zning qizarishi
  • Ko'ngil aynishi
  • Qusish
  • Toshma
  • Teri quruqligi
  • Teri tulashi
  • Soch to'kilishi
  • Ovqat hazm qilish tizimining buzilishi
  • Immunitetning pasayishi.

Allergolog-immunolog bilan uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?

Allergolog qabuliga borish tayyorgarlikni talab qiladi. Siz kasallikning alomatlari haqida gapirishingiz, ba’zi tahlillar natijalarini ko'rsatishingiz kerak (axlat tahlili, to'liq qon tahlili, enterobioz uchun soskob, rinotsitogramma, burun sinuslarining rentgenogrammasi, LOR xulosasi). Agar oldin davolanishdan o’tgan bo’lsangiz, bu haqida gapirib bering.

Toshkentda yaxshi allergologni qayerdan topish mumkin?

Boshqa bemorlarning sharhlarini o’qib chiqib, yuqori malakali sertifikatlangan allergologni shifokorlar katalogidan tanlashingiz mumkin. Shuningdek, maʼlumotnomada klinikalar reytingi asosida Toshkentdagi eng yaxshi allergologiya markazini topish imkoniyati mavjud.
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI