• quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari – bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit;
• yuqori nafas yo‘llarining va LOR-a’zolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta otit);
• urogenital yo‘llarining infeksiyalari-asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit, servikovaginit va salpingit;
• teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari-follikulit, furunkullar, karbonkullar, xusnbuzar toshmasi (Acne vulgaris), impetigo, piodermiya, infeksiyalangan dermatozlar, infeksiyalangan dermatit, sellyulit va saramas;
• Layma kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans);
• me’da va o‘nikki barmoq ichakning Helicobacter pylori bilan assotsiyalangan kasalliklarida qo‘llanadi.
Makrolid guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik; jigar va buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari, 12 yoshgacha va tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalar (500 mg li kapsulalar uchun) va– 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (125 mg li kapsulalar uchun) homiladorlik va laktatsiya davri.
yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyati, magniy stearat.
Preparat nafas yo‘llariga, urogenital yo‘llarining a’zolari va to‘qimalariga (xususan, prostata beziga), teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi kiradi. To‘qimalardagi yuqori konsentratsiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining (T1/2) uzoqligi, azitromitsinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog‘lanishi, hamda uni eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va rN past bo‘lgan lizosomalar atrofidagi muhitda ko‘proq to‘planishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida, katta ehtimoliy taqsimlanish hajmini (Vd– 31,1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Azitromitsinni ko‘proq lizosomalarda to‘planish qobiliyati, ayniqsa, hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarining eliminatsiyasi uchun muximdir.
Fagotsitlarning azitromitsinni infeksiya joyiga yetkazib berishi, u yerda uning fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Azitromitsinning konsentratsiyasi infeksiya o‘chog‘ida, sog‘lom to‘qimalarga nisbatan (o‘rtacha 24-34% ga) ishonarli yuqori va yallig‘lanish shishi darajasi bilan mos keladi. Fagotsitlardagi yuqori konsentratsiyasiga qaramay, azitromitsin ularning faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Azitromitsin yallig‘lanish o‘chog‘ida bakteritsid konsentratsiyalarda, oxirgi qabul qilingan dozadan keyin 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3 kunlik va 5 kunlik) davolash kurslarni ishlab chiqish imkonini beradi
Preparat jigarda faolligini yo‘qotib, demitillanish yo‘li orqali metabolizmga uchraydi.
Azitromitsin qon plazmasidan 2 bosqichda chiqariladi: T1/2 davri qabul qilingandan keyin 8 dan 24 soat oralig‘ida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oralig‘ida – 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qo‘llash imkonini beradi. Asosan o‘zgarmagan holda 50% – ichak orqali, 6% – buyraklar orqali chiqariladi.Azitan kapsulalar 500 mg
Azitan kapsulalar 250 mg
Azitromisin
Azitromisin
Azitromisin
Azitromisin, Azitromisina digidrat
Azitromisin
Azitromisin
Azitromisin
Azitromisin
Azitromisin