Hududni tanlang
group

TAIKOLD eritma

GM Pharmaceuticals Ltd, OOO (Gruziya)
Faol moddalar:
Parasetamol

TAIKOLD eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
TAIKOLD S AROMATOM eritma so vkusom limona N10
GM Pharmaceuticals Ltd, OOO

Yo'riqnoma TAIKOLD eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

isitma, bosh ogʻrigʻi, oʻtkir rinit, burunning bitishi, aksirish, mushaklarda ogʻriq bilan kechuvchi gripp, infeksion-yalligʻlanish va shamollash kasalliklarini simptomatik davolashda qoʻllaniladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik

- meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zoʻrayish fazasidagi),

- buyrak yetishmovchiligi,

- portal gipertenziya, alkogolizm,

- glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi,

- bolalar (15 yoshgacha),

- homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik choralari

Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozida, gipertireozda, qandli diabetning ogʻir shakllarida va ichki aʼzolarning ogʻir funksional buzilishlarida preparatni ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim.

Farmakologik ta'sir

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez soʻriladi. Plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasiga 30-90 minut oʻtgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha toʻqimalariga kiradi, yoʻldosh orqali oson oʻtadi va koʻkrak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo toʻplanganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari koʻrinishida buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha oʻzgarib turadi. Jigar funksiyasi buzilishida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda toʻplanishiga yordam beradi.

Xlorfeniramin maleati ichga qabul qilinganida meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Oqsillar bilan bogʻlanishi - yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, shuningdek buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri - 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyrak orqali metabolitlari koʻrinishida chiqariladi.

Askorbin kislotasi meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi, plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 25% ni tashkil qiladi, organizm toʻqimalariga keng taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, siydik bilan oʻzgarmagan holda oksalat shaklida chiqariladi. Haddan tashqari koʻp miqdorda qabul qilingan askorbin kislotasi oʻzgarmagan holda siydik bilan tez chiqariladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

TAIKOLD eritma boshqa turlari

TAIKOLD eritma rasmlari

product

TAIKOLD S AROMATOM eritma so vkusom limona N10

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

TAIKOLD eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

TAIKOLD eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

TAIKOLD eritma dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd, OOO (Gruziya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Og'riq qoldiruvchi

TAIKOLD eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

TAIKOLD eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

TAIKOLD eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

TAIKOLD eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.