Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Tumov (o'tkir virusli rinit)
Gripp
Shamollash
Rinitlar (mavsumiy va yil bo'yi kechadigan allergik rinit, noallergik
eozinofil rinit, vazomotor rinit)
Yuqori nafas yo'llarining infektsiyalarini: faringit,
sinusit, bronxit va laringit) simptomatik davolash uchun qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning biror-bir komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlikda; buyrak va yurak funktsiyasining og'ir buzilishlarida tavsiya etilmaydi.
Xlorfeniramin 6 yoshdan kichik bolalarda markaziy nerv tizimini paradoksal rag'batlanishini chaqirishi mumkin. Prostata bezining giperplaziyasi, og'ir glaukoma, o'tkir astma, giperterioidizm, og'ir gipertenziya, yurak aritmiya va serebrovaskulyar buzilishlari bo'lgan shaxslarga buyurish mumkin emas. Oksalamin sitrati bolalarda gallyutsinatsiya, ko'ngil aynashi va qusish chaqirishi mumkin.
Bolalarda qo'llanishi: 6 yoshdan kichik bolalarda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Paratsetamol: og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilib, og'riqqa bo'lgan periferik retseptorlarning sezuvchanligini kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati: antigistamin va antimuskarin ta'sirlarga ega. Antimuskarin ta'siri hisobiga tumovni kamaytiradi, nafasni yengillashtiradi, yo'tal refleksini asosiy sabablarini bartaraf etadi. N1- gistamin retseptorlarini bloklab, yuqori nafas yo'llarining allergiyalarida simptomatik yaxshilanishni ta'minlaydi.
Fenilefrin gidroxloridi: dekongestiv ta'sirga ega. Kuchli tomir toraytiruvchi preparat bo'lib, bevosita va bilvosita simpatomimetik ta'sir ko'rsatadi. Postsinaptik – alьfa-adrenoretseptorlarning agonisti. Terapevtik dozalarda vazokonstriktor ta'sir ko'rsatadi. Fenilefrinni mahalliy yoki peroral qo'llanishi burun shilliq qavatining tomirlarini torayishiga yordam beradi. Shishga qarshi ta'siri hisobiga burundan chiqadigan ajralmani kamaytiradi.
Oksalamin sitrati: periferik ta'sirga ega yo'talga qarshi sintetik vosita.
Nafas yo'llarining afferent nerv oxirlarining sezuvchanligini kamaytirib, yo'tal markaziga impulьsni o'tkazilishiga to'sqinlik qiladi.
Farmakologik ta'sir
Peroral qo'llanganidan so'ng me'da-ichak yo'llaridan to'liq so'riladi.
Paratsetamol: og'riq qoldiruvchi ta'siri 30 minutdan keyin boshlanadi. 1-2 soat davomida maksimal kontsentratsiyaga erishadi; ta'sirining davomiyligi 3-4 soat davom etadi. Paratsetamolning 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi.
Xlorfeniramin maleati: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatidan yaxshi so'riladi. Ta'siri 15-60 minutdan keyin namoyon bo'ladi. 3-6 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishadi va 24 soat davomida buyrak orqali chiqariladi. Plazma oqsillari bilan 60% bog'lanadi.
Fenilefrin gidroxloridi: peroral qabul qilinganidan 15-20 minutdan keyin ta'siri namoyon bo'ladi va 4 soat mobaynida davom etadi. Fenilefrin me'da-ichak yo'llaridan so'riladi va metabolizmga uchraydi. Ichakda to'liq so'rilishiga qaramay, fenilefrin og'iz bo'shlig'ining shilliq qavati orqali to'liq so'riladi. Fenilefrin ichak va jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Asosan ichakdagi metabolizmi tufayli fenilefrin sulьfatning kon'yugatiga aylanadi va monoaminooksidaza fermentining ta'siriga uchraydi. Metabolizmga uchramagan fenilefrin va uning metabolitlari organizmdan chiqariladi.
Oksalamin sitrati: o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan 10%, neytral moddalar ko'rinishida 0,6% chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Homiladorlik (S toifasi)
Homiladorlik davrida qo'llanishi xavfsizligi aniqlanmagan.
Laktatsiya
Laktatsiya davrida preparatni qo'llanishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun bu davrda preparatni qo'llash ma'qul emas.