Hududni tanlang
group

ONO eritma

Samarth Life Sciences Pvt. Ltd (Hindiston)
Faol moddalar:
ondasetrona gidroxlorid digidrat
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing

ONO eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
ONO inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N10
Samarth Life Sciences Pvt. Ltd
product
ONO inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5
Samarth Life Sciences Pvt. Ltd
product
ONO inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
Samarth Life Sciences Pvt. Ltd

Yo'riqnoma ONO eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Ono® ni sitotoksik kimyoterapiyasi, kimyo- va nur bilan davolash oqibatida yuz bergan chaqirgan ko'ngil aynishi va qusishni profilaktikasi va davolash uchun, shuningdek operatsiyadan keyin ko'ngil aynishi va qusish bo'lganida uni profilaktikasi (oldini olish) uchun qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Ondansetronga yoki 5-NT3 retseptorining har qanday selektiv antagonistlariga (masalan, granisetron, dolasetron) yuqori sezuvchanlik
Homiladorlik va emizish davri.

Farmakodinamikasi

Ondansetron kuchli ta'sir qiluvchi 5NT retseptorlarining yuqori selektiv antagonisti hisoblanadi. Ko'ngil aynishi va qusishni bostirish mexanizmi noma'lum. Nur terapiyasi va kimyoterapevtik preparatlari qo'llanganda ingichka ichakda 5NT3-retseptorlarini faollashuvi va adashgan nervning afferent oxirlarini faollashtirishi yordamida qusish refleksini chaqiradigan serotonin (5NT) ajralib chiqishi mumkin.
Ondansetron bu refleksni kuchayishini bloklaydi. Adashgan nervning afferent oxirlarini faollashuvi o'z navbatida miyani to'rtinchi qorincha tubining orqa maydonida (area postrema) 5NT zarb bilan ajralib chiqishini chaqirishi va shuningdek markaziy mexanizmi orqali qusish refleksini ishga tushirishi mumkin. Shunday qilib, ondonsetronning ta'siri sitotoksik kimyoterapiya va radioterapiya oqibatida qo'zg'atilgan ko'ngil aynishi va qusishni bostirish bo'yicha ko'proq ham periferik, ham markaziy nerv tizimida joylashgan neyronlarning retseptorlarini 5NT ga antagonistik ta'siri tufayli amalga oshiriladi.
Ondansetron qon plazmasida prolaktinning kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.

Farmakologik ta'sir

Ondansetronning farmakokinetik parametrlari uni takroriy ko'p marta yuborilganda o'zgarmaydi. So'rilishi
Ondansetron mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda bir hil tizimli ta'sirga ega.
Taqsilanishi
Ondansetron qon plazmasi oqsillari bilan o'rtacha bog'lanishi xususiyatiga ega (70-76%). Ondansetronni kattalarda mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda taqsimlanish darajasi o'xshash, taqsimlanish hajmi muvozanat holatida taxminan 140 l ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Ondansetron asosan jigarda bir nechta fermentlar ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP2D6 fermentini (spartein/debrizoxin turi polimorfizmi) yo'qligi ondansetronni farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilishi
Ondansetron asosan jigardagi metabolizmi orqali tizimli qon oqimidan chiqariladi. Yuborilgan dozaning 5% kami siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Ondansetronni ham mushak ichiga, ham vena ichiga yuborilganda yarim chiqarilish davri tahminan 3 soatni tashkil qiladi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ONO eritma rasmlari

product

ONO inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N10

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

ONO eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

ONO eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

ONO eritma dori vositasi Samarth Life Sciences Pvt. Ltd (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi

ONO eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

ONO eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

ONO eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

ONO eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.