Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Jigar faoliyatining yetishmovchiligi; qorin bo'shlig'idagi jarrohlik operatsiyalari; homiladorlik (ayniqsa, I uch oyligi), laktatsiya davri; bolalik yoshi: kimyo- va nur terapiyasida – 4 yoshgacha; anesteziyada – 2 yoshgacha qo'llash mumkin emas.
Farmakologik ta'sir
Preparat me'da-ichak yo'llarida yaxshi so'riladi, jigardan «birinchi o'tishi» samarasi bilan bog'liq biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi. Ondansetronning qondagi maksimal kontsentratsiyasiga 1,5-1,7 soatdan keyin erishiladi. Ovqat qabul qilish maksimal kontsentratsiyasiga ta'sir qilmay, so'rilish davrini 17% ga uzaytiradi. Yuborilgan dozaning asosiy qismi (85-90%) sitoxrom R450 ishtirokida indol sikli birikmalarigacha gidroksillanadi, so'ngra glyukuron va oltingugurt kislotasi bilan kon'yugirlanadi. Umumiy taqsimlanish xajmi 1,9 l/kg, yarim chiqarilish davri yoshga qarab - 3,5 dan 5,5 soatgacha, umumiy klirensi - 5,9 ml (min/kg) ni tashkil qiladi. Preparat organizmdan buyrak orqali chiqariladi, bunda yuborilgan dozaning 5% o'zgarmagan holda chiqariladi. Ondansetronning farmakokinetik parametrlari uni ko'p marta qabul qilganda o'zgarmaydi.
Bolalarda, shuningdek jigar buzilishlari bo'lgan shaxslarda, keksa yoshdagi patsiyentlarda umumiy klirens kamayadi, o'rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 15-60 ml) bo'lgan patsiyentlarda ondansetronning tizimli klirensi va taqsimlanish hajmi kamaygan, buning natijasi preparatning yarim chiqarilish davrini klinik ahamiyatsiz biroz oshishi hisoblanadi. Ayollarda erkaklarnikiga nisbatan preparatning maksimal kontsentratsiyaning darajasi va biokiraolishligi yuqori, klirensi va taqsimlanish darajasi esa kamroq.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.