Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Linezolidga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga ma'lum bo'lgan o'ta yuqori sezuvchanlik.
Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari
MAO A va V ni susaytiruvchi preparatlarni (masalan, fenelzin, izokarboksazid, selegilin, moklobemid) qabul qilayotgan patsiyentlarda yoki bunday preparatlarni qabul qilgandan keyin 2 hafta davomida Nirzolid®ni qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Nirzolid®* mikroblarga qarshi preparatlarning yangi guruhi - oksazolidinlarga kiruvchi sintetik antibakterial vosita hisoblanadi. In vitro aerob grammusbat, ayrim grammanfiy bakteriyalarga va anaerob mikroorganizmlarga qarshi faol. Nirzolid® bakterial xujayralarda unikal ta'sir mexanizmi bilan oqsillar sintezini selektiv ingibirlaydi. Xususan, u bakterial ribasomada (23S subbirlik 50S bilan) bog'lanadi va funktsional 70S initsiyalovchi kompleksni hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, u translyatsiya jarayonining muhim komponenti bo'lib hisoblanadi.
Linezolidga quyidagi mikroorganizmlar sezgirdirlar: grammusbat aeroblar, Enterococus faecalis, Enterococus faecium*, Staphylococcus aureus*; koagulozamanfiy stafilokokklar Streptococcus agalactiae*, Streptococcus pneumoniae*, Streptococcus pyogenes*, S guruhi streptokokklari, G guruhi streptokokklari, grammusbat anaeroblar Clostridum petfringens, Peptostreptococcus anaerobius, Peptostreptococcus spp.
Rezistent mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Mora[ella catarrhalis, Neisseria species Enterobacteriaeae, Pseudomonas spp. Gramotritsatelьnaya flora ustoychiva za isklyucheniyem Moraxella catarrhalis, Haemophilus influenzae, Bacillus petrussis, Neisseria gonorrhoeae i Legionella spp.
Farmakologik ta'sir
Linezolid biologik faol (S)-linezolid saqlaydi va organizmda nofaol hosilalarining hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Linezolidning suvdagi eruvchanligi taxminan 3 mg/ml ni tashkil qiladi va 3-9 diapazonda rN ga bog'liq emas. Qon plazmasidagi linezolidning maksimal (Smax) va minimal (Cmin) kontsentratsiyasi (o'rtacha qiymati va standart og'ish) preparat vena ichiga sutkada ikki marta 600 mg dozada yuborilganidan keyin muvofiq 15,1; 2,5 ml/l va 3,68;2,68 mg/l ni tashkil qiladi. Muvozanat holatida taqsimlanish hajmi o'rtacha 40-50 litrni tashkil viladi, bu organizmdagi suvning umumiy miqdoriga to'g'ri keladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish darajasi taxminan 31% va preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga bog'liq emas.
Linezolidning kontsentratsiyasi organizmning turli suyuqliklarida aniqlanadi. Linezolidning so'lak va terdagi kontsentratsiyasini qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga nisbati muvofiq 1,2:1 va 0,55:1 ni tashkil qiladi. Bronxoalьveolyar levaj suyuqligidagi va o'pkaning alьveolyar xujayralaridagi kontsentratsiyasining qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) nisbati muvozanat xolatida muvofiq 4,5:1 va 0,15:1 ni tashkil qiladi
Ventrikuloperitoneal shuntlari bo'lgan bolalarda olingan farmakokinetik ma'lumotlar, preparat bir marta va ko'p marta yuborilganidan keyin orqa miya suyuqligidagi (OMS) lizenolidning kontsentratsiyasini o'zgaruvchanligidan dalolat beradi; OMS preparatning turg'un terapevtik kontsentratsiyasiga erishilmaaydi va tutib turilmaydi. Shuning uchun markaziy nerv tizimining (MNT) infektsiyalari bo'lgan bolalarda Nirzolid®ni emperik mikroblarga qarshi davolash uchun qo'llash tavsiya etilmaydi.
Metabolizmi. Linezolid asosan morfilon xalqasini oksidlanishi yo'li bilan ochilgan xalqali karboksil kislotasining ikki nofaol xosilalarini xosil qilib metabolizmga uchraydi: aminoetoksisirka kislotasi (PNU-142300) metaboliti va gidroksietilglitsin (PNU-142586) metaboliti. Gidroksietillitsin (PNU-142586) metaboliti odamda predominant hisoblanadi, u ehtimol, nofermentativ jarayon yo'li bilan hosil bo'ladi. Aminoetilsirka kislotasi (PNU-142300) metaboliti kamroq miqdorda aniqlanadi. Shuningdek boshqa nofaol metabolitlari identifikatsiyalangan.
Chiqarilishi. Buyraklar faoliyati normal bo'lgan yoki axamiyatsiz yoki o'rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda linezolid muvozanat holatida asosan siydik bilan PNU-142586 metaboliti (40%), o'zgarmagan holda (30%) va PNU-142300 metaboliti ko'rinishida (10%) chiqariladi. O'zgarmagan holda ahlatda preparat amalda aniqlanmaydi, har bir asosiy metabolitlaridan, PNU-142586 va PNU-142300 bir qismi muvofiq 6% va 3% ni tashkil qiladi. Linezolidning yarim chiqarilish davri (T1/2) o'rtacha 5-7 soatni tashkil qiladi. Buyrakdan tashqari klirensi linezolidning umumiy klirensini taxminan 65% ni tashkil qiladi. Linezolidning dozasi oshirilganida klirensini noto'g'ri chiziqliligini ahamiyatsiz darajasi kuzatiladi. Aniq, bu linezolidning yuqori kontsentratsiyalaridagi pastroq buyrak va buyrakdan tashqari klirensining oqibatidir. Lekin klirensidagi farq ahamiyatsiz va T1/2 bevosita aks etmaydi.
Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi
Linezolidning klirensi bolalarda yuqori va yosh o'tishi bilan pasayadi. Linezolidning farmakokinetikasi 65 yoshli va undan katta bemorlar guruhida ahamiyatli tarzda o'zgarmaydi. Ayollarda biroz farmakokinetik farqlar aniqlanadi, ular taqsimlanishni biroz kam hajmi, klirensini taxminan 20% ga pasayishi, ba'zida plazmadagi yuqoriroq kontsentratsiyalari bilan ifodalanadi.
Ayollar va erkaklarda linezolidning yarim chiqarilish davri axamiyatli tarzda farq qilmasligi tufayli, preparatning dozasiga tuzatish kiritish zarurati paydo bo'lmaydi.
O'rtacha, o'rtacha og'ir yoki og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish kerak emas, chunki kreatinin klirensi va preparatni buyraklar orqali chiqarilishi orasida bog'liqlik yo'q.
Gemodializda 3 soat davomida preparatning dozasini 30% chiqarilishi tufayli, linezolidni dializdan keyin buyurish kerak. O'rtacha yoki o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda linezolidning farmakokinetikasi o'zgarmaydi, shuning uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo'q. Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda linezolidning farmakokinetikasi o'rganilmagan, lekin linezolid nofermentativ jarayon oqibatida metabolizmga uchrashi tufayli, jigar faoliyati preparatning metabolizmiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmasligi kerak.