Hududni tanlang
group

LANGEYR kukun

Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd (Pokiston)
Faol moddalar:
Montelukast
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing

LANGEYR kukunning dorixonalardagi narxlar

product
LANGEYR poroshok 4mg N14
Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd

Yo'riqnoma LANGEYR kukun

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Langeyr kattalarga va 2 yoshdan katta bolalarga surunkali astmani oldini olish va davolash, shuningdek kunduzgi va tungi kasallik belgilarini oldini olish uchun; jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazmni oldini olish uchun buyuriladi; Langeyr allergik rinitning belgilarini yengillashtirish uchun (kattalar va 2 yoshdan katta bolalarda mavsumiy allergik rinit, kattalar va 6 oydan katta bolalarda uzoq davom etuvchi rinit) ko'rsatilgan.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. homiladorlik va laktatsiya davri (davolash vaqtida to'xtatiladi).

Farmakologik ta'sir

Ichga qabul qilinganidan keyin montelukast me'da-ichak yo'llaridan tez va amalda to'liq so'riladi. Odatdagi ovqatni qabul qilish preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) va biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi. Kattalarda preparat 10 mg dozada nahorga qabul qilinganida qon plazmasida Smax ga 3 soatdan keyin erishiladi. Ichga qabul qilinganida biokirishaolishligi 64% tashkil qiladi.
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 99 % dan ko'proqni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) o'rtacha 8 – 11 litrni tashkil qiladi. Preparat 10 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilinganida plazmada faol moddaning o'rtacha (taxminan 14%) to'planishi kuzatiladi.
Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalarda qo'llanganida montelukastning metabolitlarini plazmadagi muvozanatli kontsentratsiyasi kattalar va bolalarda aniqlanmaydi.
Montelukastning metabolizmi jarayonida sitoxrom R-450 izofermermentlarining (3A4 va 2S9) qatnashishi taxmin qilinadi, bunda montelukast terapevtik kontsentratsiyalarda sitoxrom R450 izofermentlarini: 3A4, 2S9, 1A2, 2A6, 2S19 va 2D6 ingibirlamaydi.
Yosh sog'lom kattalarda montelukastning yarimchiqarilish davri (T1/2) 2,7 dan 5,5 soatgacha-ni tashkil qiladi. Montelukastning sog'lom kattalardagi klirensi o'rtacha 45 ml/min ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganidan keyin montelukastning 86% ahlat bilan 5 kun davomida va 0,2% dan kamrog'i siydik bilan chiqariladi, bu montelukast va uning metabolitlarini asosan o't-safro bilan chiqarilishini tasdiqlaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Agar ona uchun kutiladigan foyda xomila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

LANGEYR kukun boshqa turlari

LANGEYR kukun rasmlari

product

LANGEYR poroshok 4mg N14

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

LANGEYR kukun dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

LANGEYR kukun dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

LANGEYR kukun dori vositasi Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd (Pokiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Nafas olish tizimi

LANGEYR kukun dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

LANGEYR kukun dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

LANGEYR kukun haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

LANGEYR kukun analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.