Hududni tanlang
group

FLYUKOLD + VIT C kukun

Nabros Pharma Pvt. Ltd (Hindiston)
Faol moddalar:
Parasetamol, Askorbinovaya kislota, fenilefrina gidroxlorid
Narx: 35 000 so'mdan

FLYUKOLD + VIT C kukunning dorixonalardagi narxlar

product
FLYUKOLD + VIT C poroshok so vkusom limona 5g N5
Nabros Pharma Pvt. Ltd
35 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma FLYUKOLD + VIT C kukun

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Gripp, shamollash, boshqa o'tkir respirator virusli infektsiyalar, burunning yondosh bo'shliqlarida yallig'lanish (peshona qismi, gaymor bo'shlig'i) simptomatik davolash, kasallik simptomlarini:
bosh og'rig'i, bo'g'im va mushaklarda og'riqlar, (tanada uvishish xissi), tomoqda og'riq;
tana haroratini oshishi;
burundan nafas olishni buzilishi (burun "bitishi");
burun oqishi;
aksirish, burunda , ko'zlarda qichishish xissi, tomoqda «kichishini» xissi;
ko'z yosh oqishini bartaraf etish / kamaytirish maksadida qo'llaniladi;

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari.
Gipertireoidizm (tireotoksikoz).
Qandli diabet va qandni so'rilishini nasliy buzilishlari (qand saqlaydi).
Yurak kasalliklari (aorta teshigini yaqqol stenozi, o'tkir miokard infarkti, taxiaritmiyalar).
Arterial gipertenziya.
Tritsiklik antidepressantlarni, beta-adrenoblokatorlarni, MAO ingibitorlarini , shu jumladan bekor qilingandan 14 kungacha bo'lgan davrda qabul qilish.
Boshqa paratsetamol saqlovchi vositalarni va shamollash, gripp va burunni bitishini yengillashtirish uchun vositalarni qabul qilish.
Prostata bezi adenomasi.
Yopiq burchakli glaukoma.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Glyukozo-6-fosfat degidrogenazani genetik tanqisligida, xavfsiz giperbilirubinemiyada, homiladorlik va emizish vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Farmakologik ta'sir

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minut o'tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to'qimalariga kiradi, yo'ldosh orqali oson o'tadi va ko'krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to'planganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlar ko'rinishida buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o'zgarib turadi. Jigar faoliyatini buzilishida preparatni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to'planishiga olib keladi.
Ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o'tish samarasiga va monoaminooksidaza bilan me'dada parchalanishi natijasida fenilefrin gidroxloridining biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi me'da-ichak yo'llarida va jigarda yuz beradi. Buyrak orqali chiqariladi.
Askorbin kislotasini plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 25% ni tashkil qiladi. Askorbin kislotasining plazmadagi kontsentratsiyasi normada taxminan 10-20 mkg/ml ni tashkil qiladi, organizmdagi zahiralari - tavsiya qilingan dozalar har kuni qabul qilinganida taxminan 1,5 g ni, sutkada 200 mg qabul qilinganida 2,5 g ni tashkil qiladi. Leykotsitlarga, trombotsitlarga, so'ngra esa - barcha to'qimalarga oson kiradi; eng yuqori kontsentratsiyasi bez a'zolarda, leykotsitlarda, jigarda va ko'z gavharida bo'ladi; gipofizning orqa bo'lagida, buyrak usti bezlarining po'stlog'ida, ko'z epiteliysida, urug' bezlarining oraliq hujayralarida, tuxumdonlarda, jigarda, taloqda, me'da osti bezida, o'pkada, buyrakda, ichak devorida, yurakda, mushaklarda, qalqonsimon bezida to'planadi; yo'ldosh orqali o'tadi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

FLYUKOLD + VIT C kukun rasmlari

product

FLYUKOLD + VIT C poroshok so vkusom limona 5g N5

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

FLYUKOLD + VIT C kukun dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

FLYUKOLD + VIT C kukun dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

FLYUKOLD + VIT C kukun dori vositasi Nabros Pharma Pvt. Ltd (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Og'riq qoldiruvchi

O'zbekistonda dorixonalarda FLYUKOLD + VIT C kukun dori vositasi qancha turadi?

FLYUKOLD + VIT C kukun dori vositasining boshlang'ich narxi - 35 000 so'mdan.

FLYUKOLD + VIT C kukun dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

FLYUKOLD + VIT C kukun dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

FLYUKOLD + VIT C kukun haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

FLYUKOLD + VIT C kukun analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.