Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Serdjifeksga sezuvchan bo'lgan bakteriyalarning shtammlari chaqirgan barcha infektsiyalarga nisbatan samaralidir:
sepsis;
bosh miya pardasini yallig'lanishi (bakterial meningit, shu jumladan, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda);
qorin bo'shlig'i a'zolarining infektsiyalari (peritonit, safro chiqarish yo'llari infektsiyalari, shu jumladan xolangit, o't pufagi empiyemasi va me'da-ichak yo'llarini boshqa infektsiyalari);
suyak va bo'g'imlarning infektsiyalari, yuz-jag' sohasining infektsiyalari;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari, infektsiyalangan jarohatlar va kuyishlar;
immuniteti sust bo'lgan bemorlardagi infektsiyalar (shu jumladan, neytropeniyasi va onkologik kasalliklari bo'lgan infektsiyalar) ni oldini olish va davolash;
buyraklar va siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari (asoratlanmagan va asoratlangan, shu jumladan, piyelit, o'tkir va surunkali piyelonefrit, sistit, prostatit, epididimit);
nafas yo'llarining infektsiyalari (o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o'pka abstsessi, plevra empiyemasi, bronxoektazlar va boshq.);
LOR-a'zolarining infektsiyalari (mastoidit, o'rta quloq otiti va boshq.);
jinsiy yo'l orqali yuqadigan infektsiyalar (shu jumladan, gonoreya);
jarrohlik aralashuvlaridan oldin infektsiyalarni oldini olish maqsadida qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
sefalosporinlar va penitsillinlarga ma'lum yuqori sezuvchanlik;
cho'kindi ko'rinishida seftriakson natriyni hosil bo'lish havfi borligi sababli, kalьtsiy saqlovchi infuziyalar bilan bir vaqtda qo'llash;
giperbilirubinemiyasi bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar;
41 haftalikkacha bo'lgan chala tug'ilgan chaqaloqlar (homiladorlik haftalarda + hayoti haftalarda);
sariqlik, gipoalьbuminemiya yoki atsidoz bilan tug'ilgan 28 kunlikkacha bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar.
Erituvchi sifatida lidokain qo'llanganida (mushak ichiga in'ektsiya qilinganida) lidokain uchun qo'llash mumkin bo'lmagan holatlarni ham hisobga olish kerak.
Farmakologik ta'sir
Mushak ichiga / vena ichiga yuborilganida seftriakson organizmning to'qimalari va suyuqliklariga yaxshi o'tadi. Mushak ichiga yuborilganida biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi. Mushak ichiga yuborilganida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 2-3 soatda erishiladi. Plazma alьbuminlari bilan 85-95% ga qaytar bog'lanadi, va bu bog'lanish uning qondagi kontsentratsiyasiga teskari proportsional.
Seftriakson interstitsial suyuqlikka diffuziya yo'li bilan tez o'tadi, u yerda unga sezuvchan bo'lgan mikroorganizmlarga nisbatan bakteritsid ta'siri 24 soat davomida saqlanib turadi. Yarim chiqarilish davri davomli, va kattalarda taxminan 8 soatni tashkil etadi, 75 yoshdan oshgan keksa yoshdagi odamlarda taxminan 2 martaga uzayadi, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda 6,5-8 kunni tashkil etadi.
Kattalarda 50-60% seftriakson siydik bilan o'zgarmagan holda, 40-50% safro bilan chiqariladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda seftriaksonning yuborilgan dozasini taxminan 70% buyraklar orqali chiqariladi. Kattalarda jigar va buyraklar faoliyati buzilganida seftriaksonning farmakokinetikasi, qayta taqsimlanish faoliyati tufayli, deyarli o'zgarmaydi (yarim chiqarilish davri ahamiyatsiz darajada uzayishi mumkin): agar buyraklar faoliyati buzilgan bo'lsa, safro bilan chiqarilishi ko'payadi, agar jigarda patologiya bo'lsa, buyraklar orqali chiqarilishi kuchayadi.
Seftriakson gematoentsefalik to'siq orqali yaxshi o'tadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Homiladorlik vaqtida ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan hollardagina Serdjifeks preparatini qo'llash mumkin (tseftriakson yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi).
Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak, chunki seftriakson ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Preparat bolalar olomaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.