Hududni tanlang
group

KOLTROL tabletkalar

Agio Pharmaceutical Limited (Hindiston)
Faol moddalar:
Atorvastatin
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
Narx: 14 500 so'mdan

KOLTROL tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
KOLTROL tabletkalari 20mg N30
Agio Pharmaceutical Limited
14 500 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
KOLTROL tabletkalari 10mg N30
Agio Pharmaceutical Limited

Yo'riqnoma KOLTROL tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Atorvastatinni umumiy xolesterin, PZLP (past zichlikdagi lipoproteinlar) xolesterini apolipoprotein V va triglitseridlarni miqdori oshgan patsiyentlarni davolash uchun parhezga qo'shimcha sifatida, shuningdek birlamchi giperxolesterinemiya (nasliy geterozigot va nasliy bo'lmagan giperxolesterinemiya), majmuaviy (aralash) giperlipidemiyali (Fredrikson bo'yicha IIa va IIb turi), plazmada triglitseridlarni oshgan miqdori (Fredrikson bo'yicha III turi) bo'lgan bemorlarda parhez yetarli darajada samara ko'rsatmagan hollarda YuZLP (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) miqdorini oshirish uchun buyuriladi. Atorvastatin shuningdek, gomozigot nasliy giperxolesterinemiyali patsiyentlarda parhezga yoki boshqa dorilarsiz chora tadbirlarga yetarli reaktsiya bo'lmagan hollarda umumiy xolesterin va YuZLP xolesterini miqdorini pasaytirish uchun ham ko'rsatilgan.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

O'ta yuqori sezuvchanlik, jigarning faol kasalliklari, “jigar” transaminazalari faolligini noaniq genezli oshishi (3 martadan ko'pga), kontratseptsiyani advekat usullaridan foydalanmaydigan reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga mumkin emas.
Atorvastatinni reproduktiv yoshdagi ayollarga, faqat agar u homilador emasligi aniq ma'lum bo'lsa va preparatni homila uchun potentsial xavfi to'g'risida xabardor bo'lsagina buyurish mumkin.
Ehtiyotkorlik bilan: alkogolizm, anamnezda jigar kasalliklari, elektrolit muvozanatli og'ir darajali buzilishlari, endokrin va metabolik buzilishlar, arterial gipotenziya, gemorragik insulьt, og'ir darajali o'tkir infektsiyalar (sepsis), nazorat qilinmaydigan tutqanoq, katta jarrohlik aralashuvlari, jarohatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Tarkibi

Таркиби:
Tabletkalar 10 mg
Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: atorvastatin kalьtsiy tuzi ko'rinishidagi 10 mg atorvastatin;
yordamchi moddalar: laktoza – 50 mg, makkajo'xori kraxmali - 43,43 mg, mikrokristallik sellyuloza – 25 mg, natriy metil p-gidroksibenzoati - 0,20 mg, natriy propil p-gidroksibenzoati - 0,02 mg, natriy kroskarmeloza – 7 mg, magniy stearati – 2 mg, distillangan suv.
Tabletkalar 20 mg
Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: atorvastatin kalьtsiy tuzi ko'rinishidagi 20 mg atorvastatin;
yordamchi moddalar: laktoza – 100 mg, makkajo'xori kraxmali - 86,86 mg, mikrokristall sellyuloza – 50 mg, natriy metil p-gidroksibenzoati - 0,40 mg, natriy propil p-gidroksibenzoati - 0,04 mg, natriy kroskarmelozasi – 14 mg, magniy stearati – 4 mg, distillangan suv.

Farmakodinamikasi

Аторвастатин - статинлар гуруҳига мансуб гиполипидемик воситадир. Қон плазмасида холестерин ва липопротеинлар даражасини пасайтиради. Гомозигот оилавий гиперхолестеринемияси бўлган беморларда ПЗЛП даражасини пасайтиради, уларни одатда гиполипидемик дори воситалари билан даволаб бўлмайди. Умумий холестерин, ПЗЛП холестерини, аполипопротеин В ва триглицеридларни даражасини пасайтиради; юқори зичликдаги липопротеинлар холестеринини ва аполипопротеини ва аполипопротеин А даражасини ошишини чақиради. Бошқа гиполипидемик дори воситалари билан даволанишга чидамли бўлган гомозигот наслий гиперхолестеринемияли беморларда ПЗЛП даражасини пасайтиради. Ишемик асоратларни (шу жумладан, миокард инфарктидан ўлимни ривожланиши), миокард ишемияси белгилари билан кечувчи стенокардия сабабли такрорий қайта госпитализация хавфини пасайтиради. Канцероген ва мутаген таъсир кўрсатмайди. Терапевтик самара даволаш бошлангандан кейин 2 ҳафтадан сўнг аниқланади, 4 ҳафтадан кейин максимал даражага эришади ва даволанишни ҳамма даври давомида сақланади. Асосан жигарда CYP3A4, CYP3A5 ва CYP3A7 таъсирлари остида фаол метаболитларни ҳосил қилиб метаболизмга учрайди. Плазма оқсиллари билан жадал боғланиши оқибатида гемодиализ орқали чиқарилмайди. Жигарнинг алкоголли циррози бўлган беморларда жигар етишмовчилигида препаратнинг қондаги концентрацияси аҳамиятли даражада ошади. Буйрак етишмовчилиги препаратнинг плазмадаги концентрациясига таъсир қилмайди.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

KOLTROL tabletkalar rasmlari

product

KOLTROL tabletkalari 20mg N30

product

KOLTROL tabletkalari 10mg N30

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

KOLTROL tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

KOLTROL tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

KOLTROL tabletkalar dori vositasi Agio Pharmaceutical Limited (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Yurak-qon tomir

O'zbekistonda dorixonalarda KOLTROL tabletkalar dori vositasi qancha turadi?

KOLTROL tabletkalar dori vositasining boshlang'ich narxi - 14 500 so'mdan.

KOLTROL tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

KOLTROL tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

KOLTROL tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

KOLTROL tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.