Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Turli genezli o'rtacha jadallikdagi og'riqlarni qisqa muddatli davolash uchun:
tayanch-harakat apparatining kasalliklari (revmatoid artrit, psoriatik, yuvenil surunkali artrit, ankilozlovchi spondiloartrit, podagrik artrit, yumshoq to'qimalarning revmatik shikastlanishi,
periferik bo'g'imlar va umurtqa pog'onasining osteoartrozi (shu jumladan radikulyar sindromi bilan).
Preparat ishlatilgan vaqtda simptomatik davolash, og'riq va yallig'lanishni kamaytirish uchun mo'ljallangan, kasallikning yuksalishiga ta'sir qilmaydi;
lyumbago, ishias, nevralgiya;
alьgodismenoreya, kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish jarayonlari, shu jumladan adneksit;
yallig'lanish bilan birga kechuvchi jarohatdan keyingi og'riq sindromi;
- operatsiyadan keyingi og'riq.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
-O'ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYaQP ga),
-me'da-ichak yo'llarini eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida), me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi,
-ichakning yallig'lanish kasalliklari (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi),
-yaqqol jigar yetishmovchiligi,
-jigar kasalliklarining o'tkir davri,
-yaqqol buyrak yetishmovchiligi, (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam),
-yurak yetishmovchiligi,
-giperkaliyemiya,
-atsetilsalitsil kislotasini to'liq yoki to'liq bo'lmagan o'zlashtirolmaslik sindromi (atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQP qabul qilganda rivojlanadigan rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavatining poliplari, bronxial astma),
-qon yaratilishini buzilishi,
-gemostazni buzilishi (shu jumladan gemofiliya),
-homiladorlik,
-laktatsiya davri,
-bolalik yoshi (18 yoshgacha),
-aortakoronar shuntlash o'tkazilganidan keyingi davr.
Ehtiyotkorlik bilan: yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dimlangan yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, aylanayotgan qon hajmini ahamiyatli darajada pasayishi (shu jumladan katta jarrohlik aralashuvlaridan keyin), shish sindromi, periferik arteriyalarning kasalliklari, dislipidemiya, qandli diabet, anemiya, bronxial astma, buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam), alkogolizm, me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali kasalliklarining zo'rayish bosqichidan tashqari hollari, anamnezdagi jigar kasalliklari, divertikulit, katta jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holat, induktsiyalanadigan porfiriya, keksalik yoshi, chekish, og'ir somatik kasalliklar, biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklari, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni uzoq muddat qo'llanishi, glyukokortikosteroidlar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, giperlipidemiya, Helicobacter pylori infektsiyasi.