Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Atsinopraz quyidagilarni davolashda qo'llaniladi:
o'n ikki barmoqli ichak yarasi
me'da yarasi
me'da osti bezi ulьtserogen adenomasi
reflyuksor ezofagit
Agar o'n ikki barmoqli ichak yarasining rivojlanishi Xelikobakter pilori bakteriyalari bilan chaqirilgan bo'lsa, omeprazolni muvofiq antibiotiklar bilan bir qatorda qo'llash tavsiya qilinadi.
Qo'llash usuli va dozalari
O'n ikki barmoqli ichak yarasi, me'da yarasi va reflyuks ezofagitni davolash uchun har kunlik tavsiya etilgan doza 20 mg ni tashkil qiladi.
Sutkada 40 mg doza N2-gistamin retseptorlar antagonistlari bilan davolashda kuchsiz reaktsiyasi bo'lgan patsiyentlarga talab etilishi mumkin.
Reflyuks ezofagitni qaytalanishi 20 yoki 40 mg har kunlik dozada qabul qilinganda muvaffaqiyat bilan bartaraf etilgan, holbuki sutkada 10 mg doza o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo'lgan patsiyentlarga to'g'ri keladi.
Me'da osti bezi ulьtserogen adenomasi bo'lgan patsiyentlar uchun me'da shirasining maqsadli chiqishini tutib turish uchun shaxsiy xususiyatlar bilan muvofiq dozaga tuzatish kiritishga rioya qilgan holda omeprazolning sutkada 60 mg dozasi tavsiya qilingan.
Keksa yoshdagi bemorlar yoki buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Omeprazol me'daning pariyental hujayralaridagi proton nasosning o'ziga xos ingibitorlari hisoblanadi va shu tarzda me'da shirasining sekretsiyasini pasaytiradi. Me'da shirasining sekretsiyasini reversiv nazorati omeprazolni bir martalik sutkalik dozalashni qo'llashda amalga oshiriladi. Omeprazolda o'zi bilan me'daning pariyental hujayralarini hujayra ichi kanalchalarida kontsentratsiyalanuvchi kuchsiz asosni ko'rsatadi. Bu hujayralarning kuchli nordon muhit sharoitlarida omeprazol faol shaklga o'tadi va proton nasosining fazasi H +, K + -AT fermenti ingibitori sifatida namoyon bo'ladi. Dozalash va me'da shirasining shakllanishini yakuniy bosqichi orasida bog'liqlik mavjud, u sekret enxanserga bog'liq bo'lmagan holda bazal kislotali mahsulot kabi, kislotani ajralishini ham rag'batlantirishi xuddi shunday ingibitsiya qilish samaradorligini ta'minlaydi.
Agar omeprazol birgina peroral sutkalik doza ko'rinishida buyurilgan holatda, me'da shirasining sekretsiyasi maksimal darajada susaytiriladi, bunga davolash boshlangandan keyin 4 kun o'tib erishiladi. O'n ikki barmoqli ichak yarasi bilan bo'lgan patsiyentlar orasida kislotalik ko'rsatkichi tahminan 80% ni tashkil qiluvchi pasayishning o'rtacha darajasi keyinchalik 24 soat davomida saqlanib turadi. Omeprazol bilan davolash boshlangandan keyin 24 soat o'tib, bunda pentagastrinni rag'batlantirilgandan keyin kislotaning cho'qqiga chiqishining pasayishni o'rtacha ko'rsatkichi tahminan 70% ni tashkil qiladi.
Farmakologik ta'sir
Omeprazolning kislotaga turg'un bo'lmagan sababli peroral qabul qilish kompozitsiyasi kapsulalarga joylashtirilgan ichakda eruvchan granulalarda ko'rsatilgan. Omeprazol, odatda, uch-olti soat davomida ingichka ichakda to'liq so'riladi.
Bir martalik dozani peroral qabul qilgandan keyin omeprazolning tizimli biokiraolishligi tahminan 35% ni tashkil qiladi. Ushbu ko'rsatkich bir dozani takroran qabul qilingandan keyin tahminan 60% gacha oshirilishi mumkin.
Bir vaqtning o'zida oziq-ovqatlarni qabul qilish uning biokiraolishligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Omeprazolning plazma oqsillari bilan bog'lanishi tahminan 95% ni tashkil qiladi.
"Kontsentratsiya - vaqt" bog'liq egri chizig'ining yakuniy fazasida yarim chiqarishning o'rtacha davri tahminan qirq minutni tashkil qiladi. Davolash vaqtida yarim parchalanish ko'rsatkichining o'zgarishi kuzatilmagan. Kislota sekretsiyasining ingibitsiya qilinishi "kontsentratsiya - vaqt" (AUC) bog'liq egri chiziq ostida joylashgan maydonga taaluqli va ayni payitda plazmadagi haqiqiy kontsentratsiya bilan bog'liq emas.
Omeprazol asosan jigarda to'liq metabolizmga uchraydi. Sulьfon, sulьfid va gidroksi - omeprazol plazmada aniqlangan metabolitlar hisoblanadi. Ushbu metabolitlar faol emas va kislotaning sekretsiyasiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.
Metabolitlarning taxminan 80% buyraklar va axlat bilan chiqariladi.
Buyraklar bilan ajralib chiquvchi ikki asosiy metabolit bo'lib gidroksi -omeprazol va muvofiq karbon kislotasi hisoblanadi.
Buyraklar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda omeprazolni tizimli biokiraolishligida ahamiyatli o'zgarishlar kuzatilmaydi.
Jigarning funktsiyasi pasayishi bo'lgan patsiyentlarda "kontsentratsiya - vaqt" egri chiziq ostida maydon sohasi oshishiga qaramasdan, omeprazolning yaqqol to'planishi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud emas.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.