- bu homilador bo‘lmagan va emizmaydigan ayollarda qondagi prolaktin (gipofiz tomonidan ishlab chiqariladigan ko‘krak suti gormoni) darajasi yuqori bo‘lgan holat.
Sabablari
Giperprolaktinemiyaning sabablari har xil bo‘lishi mumkin:
- gipofiz adenomasi yoki gipofiz oyog‘ining shikastlanishi;
-
radiatsiya ta’siri;
-
gipotireoz (qalqonsimon bez gormonlarining past konsentratsiyasiga reaksiya);
-
tuxumdonlar polikistozi sindromi;
-
dori-darmonlar (serukal, tarkibida estrogenlar miqdori yuqori bo‘lgan kontratseptivlar, amitriptilin) qabul qilish;
-
jigar sirrozi;
-
surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE);
-
ensefalit, meningit, bosh miya o‘smalari.
Giperprolaktinemiyani davolash
Giperprolaktinemiya gipotireoz yoki buyrak usti bezlari yetishmovchiligidan kelib chiqqan bo‘lsa, davolash o‘rnini bosuvchi gormonal terapiyani o‘z ichiga oladi. Agar holat dori-darmonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, ular bekor qilinadi. Medikamentoz davolash uchun lizurid, parlodel va boshqa preparatlar buyurilishi mumkin.
Sababi gipofiz o‘smasi bo‘lsa, u ko‘rish qobiliyatini buzsa yoki terapevtik davolanishga olib kelmasa, o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi. Nur terapiyasi ham qo‘llanilishi mumkin.
Kombinatsiyalangan oral kontratseptivlarni (KOK) qo‘llash faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.