App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

Giperprolaktinemiya

Shifokorni tanlang:
Klinikani tanlang:
Giperprolaktinemiya - bu homilador bo‘lmagan va emizmaydigan ayollarda qondagi prolaktin (gipofiz tomonidan ishlab chiqariladigan ko‘krak suti gormoni) darajasi yuqori bo‘lgan holat.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Xavf guruhi
  • Oldini olish
img Giperprolaktinemiya davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Giperprolaktinemiyaning sabablari har xil bo‘lishi mumkin:

  • gipofiz adenomasi yoki gipofiz oyog‘ining shikastlanishi;
  • radiatsiya ta’siri;
  • gipotireoz (qalqonsimon bez gormonlarining past konsentratsiyasiga reaksiya);
  • tuxumdonlar polikistozi sindromi;
  • dori-darmonlar (serukal, tarkibida estrogenlar miqdori yuqori bo‘lgan kontratseptivlar, amitriptilin) qabul qilish;
  • jigar sirrozi;
  • surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE);
  • ensefalit, meningit, bosh miya o‘smalari.

Giperprolaktinemiya belgilari

Giperprolaktinemiyada simptomlar quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin:

Shuningdek:

  • galaktoreya (sut yoki og‘iz suti paydo bo‘lishi);
  • erkaklarda erektil disfunksiya va ginekomastiya (ko‘krak bezlarining o‘sishi).

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Giperprolaktinemiyani davolash

Giperprolaktinemiya gipotireoz yoki buyrak usti bezlari yetishmovchiligidan kelib chiqqan bo‘lsa, davolash o‘rnini bosuvchi gormonal terapiyani o‘z ichiga oladi. Agar holat dori-darmonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, ular bekor qilinadi. Medikamentoz davolash uchun lizurid, parlodel va boshqa preparatlar buyurilishi mumkin.

Sababi gipofiz o‘smasi bo‘lsa, u ko‘rish qobiliyatini buzsa yoki terapevtik davolanishga olib kelmasa, o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi. Nur terapiyasi ham qo‘llanilishi mumkin.

Xavf

Gipofiz o‘smasi davolanmasa, quyidagi asoratlar kuzatilishi mumkin:

  • ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish, chunki o‘sma ko‘ruv nervini bosib qo‘yishi mumkin;
  • gipopituitarizm (gipofiz gormonlari ishlab chiqarilishining pasayishi yoki to‘xtashi);
  • osteoporoz;
  • homiladorlikning asoratlari, shu jumladan ko‘rishning buzilishi va bosh og‘rig‘i.

Xavf guruhi

Giperprolaktinemiya ko‘pincha 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda uchraydi. Erkaklarda bu holat ancha kam kuzatiladi.

Oldini olish

Kombinatsiyalangan oral kontratseptivlarni (KOK) qo‘llash faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Giperprolaktinemiyani davolovchi shifokorlar

empty-box

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil

Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari

Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar

med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI