Hududni tanlang
group

TRANZIK eritma

Nabiqasim Industries (Pvt.) Ltd, Pakistan proizvedeno: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd (Pokiston)
Faol moddalar:
Traneksamovaya kislota

TRANZIK eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
TRANZIK inyeksiya uchun eritma 5ml 250mg/5ml N10
Nabiqasim Industries (Pvt.) Ltd, Pakistan proizvedeno: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
product
TRANZIK inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10
Nabiqasim Industries (Pvt.) Ltd, Pakistan proizvedeno: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd

Yo'riqnoma TRANZIK eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Tarqalgan fibrinoliz:
Tranzik in'ektsiya operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrda qon ketishlar, yo'ldoshni qo'l bilan ajratish, xorionni ko'chishi, homiladorlikdagi qon ketishlar, me'da osti va prostata bezining yomon sifatli o'smalari, gemofiliya, fibrinolitik davolashni gemorragik asoratlari, trombotsitopenik purpura, leykozlarda qo'llanadi.
Mahalliy fibrinoliz:
- bachandon kartsinomasi tufayli bachadon bo'ynini konizatsiyasi, burun, o'pka, me'da-ichak qon ketishlari, gematuriya, prostatektomiyadan keyingi qon ketishlar, gemorragik diatezlari bo'lgan bemorlarda tishlarni sug'urish. Siydik pufagining jarrohlik aralashuvi. Jarrohlik manipulyatsiyasining tizimli yallig'lanish reaktsiyalarida (sepsis, peritonit, pankreonekroz, og'ir va o'rtacha og'irlik darajadagi gestoz, turli xil etiologiyali shok va boshqa kritik holatlar) qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Traneksam kislotasiga yoki biron-bir boshqa komponetlariga o'ta yuqori sezuvchanlik. Anamnezidagi venozli yoki arterial tromboz. Anamnezidagi tirishishlar. Intratekal va qorinchalar ichiga yuborish, miya ichiga (miya shishi va tirishishlar xavfi sababli) qo'llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlik
Hayvonlarda o'tkazilgan teratogen samarasini o'rganish natijasida olingan ma'lumotlarni yo'qligiga qaramasdan, homiladorlik vaqtida dorini ishlatishda odatda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Emizish
Tranzik in'ektsiyani ona qonidagi kontsentratsiyasi taxminan yuzdan bir kontsentratsiyagacha bo'lganida ko'krak sutiga o'tadi. Shuning uchun chaqaloqlardagi har qanday antifibrinolitik samarasini ehtimoli kam.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

TRANZIK eritma rasmlari

product

TRANZIK inyeksiya uchun eritma 5ml 250mg/5ml N10

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

TRANZIK eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

TRANZIK eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

TRANZIK eritma dori vositasi Nabiqasim Industries (Pvt.) Ltd, Pakistan proizvedeno: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd (Pokiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Qon va qon aylanishi

TRANZIK eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

TRANZIK eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

TRANZIK eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

TRANZIK eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI