Hududni tanlang
group

TONIKAR eritma

Remedy Group SP OOO (O'zbekiston)
Faol moddalar:
Levokarnitin, L-karnitin

TONIKAR eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/10ml N5
product
TONIKAR eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1
Remedy Group SP OOO
product
TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/5ml N5
Remedy Group SP OOO

Yo'riqnoma TONIKAR eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

• Pediatriya amaliyotida (shifokor nazorati ostida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash): 
• chala tug‘ilgan go‘daklar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, tug‘ruq travmasi yoki asfiksiya o‘tkazganlarni parvarish qilishda; 
• so‘rish refleksi sust va tana vaznini qo‘shilishi past bo‘lgan bolalarda; mushaklar tonusi pasaygan bolalarda, harakat va ruhiy faoliyatlarni rivojlanishi yetarli bo‘lmaganda, shuningdek “xavf guruhi” bolalarda bu buzilishlarni oldini olish maqsadida; 
• gipotrofiya, gipotoniya, adinamiya; 
• yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromi. 
• Endokrinologiya: 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘sishdan orqada qolish, tireotoksikozning yengil shakllari, diabetik polinevropatiya, ekzogen konstitutsional semirish.
• Kardiologiya: kardiomiopatiya, miokardit, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti, infarktdan keyingi holatlar. 
• Nevrologiya: nerv anoreksiyasi sindromi, demensiya, qarilik depressiyasi, xotirani buzilishi, surunkali serebral ishemiya, jismoniy toliqish, travmatik, dissirkulyator ensefalopatiya, ishemik insult (o‘tkir va tiklanish davrlarida). Bosh miyaning tomirli, toksik va travmatik shikastlanishlaridagi nevrologik ko‘rinishlar. 
• Gastroenterologiya: sekretor faoliyati past bo‘lgan surunkali gastrit, tashqi sekretor faoliyati past bo‘lgan surunkali pankreatit, jigar kasalliklari. 
• Ishtahani pasayishi, tana vaznini kamayishi va ozib ketish bilan kechuvchi holatlar va kasalliklar. 
• O‘tkazilgan kasalliklar va jarrohlik muolajalaridan keyingi tiklanish davrida. 
• Muntazam jismoniy yuklama, sport mashg‘ulotlari (ish qobiliyati va chidamlilikni oshirish, toliqishni kamaytirish uchun). 
• Karnitinni yetishmovchiligi yoki uni yo‘qotilishini oshishi bilan kechuvchi kasalliklar (miopatiyalar, kardiomiopatiyalar, mitoxondrial kasalliklar, nasliy kasalliklar, mitoxondriyalarni yondosh yetishmovchiligi bo‘lgan nasliy kasalliklar) − uning tanqisligini to‘ldirish uchun majmuaviy davolash tarkibida. 
• Karnitinni ikkilamchi yetishmovchiligi uzoq vaqt gemodializda bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi, ularda quyidagi simptomlar kuzatiladi: 
• kuchli va davomli mushak tirishishlari va/yoki dializ vaqtidagi gipotenziya xurujlari; 
• hayot tarzida aks etuvchi umumiy holsizlik; 
• mushaklar kuchsizligi va/yoki miopatiya; 
• kardiomiopatiya; 
• eritropoetinning katta dozalarini talab qiluvchi anemiyalar; 
• to‘yib ovqat yemaslik oqibatida umumiy mushak massasini yo‘qotilishi. 
o Dermatologiya: psoriaz, seboreyali ekzema, sklerodermiya, diskoid qizil yugurik. 
Imkoniyati bo‘lganida qonda karnitinning darajasini aniqlash avzal.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

1 ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi: 
faol modda: levokarnitin − 1,0 g; 
yordamchi moddalar: xlorid kislotasi – q.s., in’eksiya uchun suv – 5 ml gacha.

Farmakologik ta'sir

Taqsimlanishi 
Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalarga yaxshi kiradi, yuqori konsentratsiyalari skelet mushaklarida va miokardda hosil bo‘ladi. 
Chiqarilishi 
Asosan atsil efirlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

TONIKAR eritma rasmlari

product

TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/10ml N5

product

TONIKAR eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1

product

TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/5ml N5

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

TONIKAR eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

TONIKAR eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

TONIKAR eritma dori vositasi Remedy Group SP OOO (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

TONIKAR eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

TONIKAR eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

TONIKAR eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

TONIKAR eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.