• nerv tizimini, periferik nevritlar va polinevritlar, nevralgiyalar, periferik parez va falajlar, nerv ildizi nevritlari, retrobulbar nevritlar, o‘rab oluvchi gerpes, lyumbago, pleksitlar, qovurg‘alararo nevralgiyalar, yuz nervini parezlari, uch shoxli va yuz nervlarini nevralgiyasi, amiotrofik yon sklerozi, bolalar serebral falaji, markaziy va periferik nerv tizimini jarohatlari, kabi kasalliklarini simptomatik davolash;
• ensefalopatiya (diabetik, alkogolli, posttravmatik va boshqalar);
• teri kasalliklari (nevrogen yo‘l bilan rivojlangan ekzema va dermatozlar, dermatitlar va neyrodermitlar, psoriaz);
• pernitsioz anemiyalar, gastrektomiyadan keyingi yoki me’da-ichak buzilishlari oqibatida rivojlangan parapernitsioz megaloblast anemiyalar, gepatit bilan xastalangan bemorlardagi anemiya, toksiko-infeksion anemiyalar va temir preparatlari bilan davolashga chidamli bo‘lgan eritroblast, gipoxrom anemiyalar.
• artritlar, osteoartritlar, revmatizm, revmatoid artrit kabi bo‘g‘im kasalliklari;
• gemeralopiya, kon’yunktivit, keratit, irit, katarakta, shox pardani yarasi kabi oftalmologik kasalliklar;
• jismoniy harakatlar oshganida;
• tuberkulyozga qarshi dori vositalar (izoniazid qatori), antibiotiklarni qabul qilishda preparatni qo‘llash mumkin emas.
• dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligini o‘tkir va og‘ir shakllari;
• politsitemiya (qonda eritrotsitlar miqdorini oshishi);
• rak oldi kasalliklari;
faol moddalar:
tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 20 mg;
riboflavin fosfat natriy (V2 vitamini) 4 mg;
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 10 mg;
nikotinamid (RR vitamini yoki V3 vitamini) 150 mg;
dekspantenol (V5 vitamini) 10 mg.
yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy metabisulfiti, suvsiz natriy atsetati, dietanolamin, 90% monotioglitserol, benzil spirti, in’eksiya uchun suv.
V1 vitamini – tiamin gidroxloridi – sintetik preparat bo‘lib, suvda eruvchan vitaminlarga kiradi. Jigarda fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pchilik fermentativ reaksiyalarning kofermenti bo‘lgan kokarboksilazaga aylanadi. V1 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvini boshqarishda, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tkazish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada miokardiotsitlarning metabolizmini va ularning qisqarish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
V2 vitamini – riboflavin metabolik ta’sir ko‘rsatadi; ATF bilan o‘zaro ta’sirlashib, flavinproteinlarning koenzimlarini hosil qiladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, N+ tashishda, to‘qima nafasida, uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, ko‘zlarni normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda, gemoglobin va eritropoetin sintezida ishtirok etadi. Normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi va uning o‘zi normal mikroflorani tutib turish uchun zarur.
V6 vitamini – piridoksin organizm tomonidan to‘yinmagan yog‘ kislotalarini ishlatilishini yaxshilaydi, nerv tizimi, jigar, qon yaratilish faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Piridoksin nerv-mushak o‘tkazuvchanligi, mushaklarni qisqarishini normallashtiradigan, tirishishlarni rivojlanishiga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – taurin (metionindan va sisteindan) sinteziga yordam beradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi.
Nikotinamid - nikotin kislotasining amidi (RR vitamini) - spetsifik pellagraga qarshi vosita bo‘lib, organizm hayot faoliyatida muhim rol o‘ynaydi, oksidlanish - qaytarilish jarayonlarini amalga oshiruvchi fermentlarning prostetik guruhidir. Karbonsuvlar, azot almashinuvini yaxshilaydi, yuqori dozalarda qondagi lipidlar va lipoproteidlarning aterogen fraksiyalarini kamaytiradi. Shuningdek qisqa muddatli yaqqol tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir ham ko‘rsatadi.
Dekspantenol pantoten kislotasining tanqisligini to‘ldiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, regeneratsiya jarayonlari, ichak peristaltikasini rag‘batlantiradi. Organizmda A kofermenti sintezini substrat stimulyatori hisoblangan faol metabolit – pantoten kislotasini hosil qiladi, barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, kortikosteroidlarni hosil bo‘lishini, xolinni atsetillanishini ta’minlaydi, ichakning normal sekretor va kinetik faoliyatini tutib turadi.
V2 vitamini – barcha a’zo va to‘qimalarga taqsimlanadi, mushak to‘qimasi, jigar, taloq, buyraklar va miokardda to‘planadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga kiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi. T1/2 66-84 minutni tashkil etadi. Buyraklar orqali deyarli butunlay metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, katta dozalarda qabul qilinganida – asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Axlat bilan ahamiyatsiz darajada chiqariladi. Gemodializ yordamida chiqariladi, ammo buyrak ekskretsiyasiga nisbatan ancha sekin chiqariladi.
V6 vitamini – V6 vitaminining katta bo‘lmagan konsentratsiyalari jigarda va miokardda aniqlanadi, chunki u yerda u to‘planadi. V6 vitaminini katta qismi buyraklarda aniqlanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. T1/2 15-20 kunni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi, vena ichiga yuborilganida – 2% safro bilan chiqariladi, shuningdek gemodializ vaqtida ham ajralib chiqadi.
Nikotinamid – mushak ichiga yuborilganida nikotinamid tez va to‘liq so‘riladi. Barcha a’zo va to‘qimalar bo‘ylab yetarli darajada bir tekis taqsimlanadi. Juda oz qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.
D-pantenol yaxshi so‘riladi va organizmning barcha a’zo va to‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Asosan siydik chiqarish yo‘llari orqali chiqariladi.
Skelet-mushak buzilishlari: sanchiqlar (kam hollarda).
Me’da-ichak buzilishlari: ko‘ngil aynishi (juda kam hollarda).
Teri va teri osti to‘qimalarini shikastlanishi: kam hollarda – toshmalar, qichishish, urtikariya, ekzantema, angiodema.
Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – bosh aylanishi, terlash, piridoksinning katta dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash o‘tkir periferik nevropatiyalarni rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: anafilaktik reaksiyalar (kam hollarda).
Yurak faoliyatini buzilishi: juda kam hollarda – taxikardiya, bradikardiya, yurak ritmini buzilishi.
Nafas faoliyati, ko‘krak va ko‘ks oralig‘i tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: dispnoe (juda kam hollarda).
TIASIN inyeksiya uchun eritma 2ml N5