Hududni tanlang
group

СИАВИТ kapsulalar

Aseptica, OOO (O'zbekiston)
Faol moddalar:
Vitamin Ye, Gialuronovaya kislota, magniya oksid, piridoksina gidroxlorid (vitamin V6), Xondroitin sulfat, Ekstrakt vinogradnix kostochek

SIAVIT kapsulalarning dorixonalardagi narxlar

product
SIAVIT kapsulalar 400mg N30
Aseptica, OOO

Yo'riqnoma SIAVIT kapsulalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Oziq-ovqat qoʻshimchasi Siavit, koʻz shishasimon tanasi darajasida biriktiruvchi toʻqima trofikasiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi, sintez jarayonini ragʻbatlantiruvchi va fermentativ yoki oksidlanish oqibatida degradatsiya jarayonlarini sekinlashtiruvchi moddalarni norma darajasida saqlanishini taʼminlash uchun moʻljallangan. Shunday qilib, koʻz fiziologik tuzilishini normada saqlagan holda, fotooksidlanishdan himoya qilishda ishtirok etuvchi minerallar va vitaminlar isteʼmolini optimallashtirishda yordam beradi.
Bioqoʻshimcha Siavit tarkibida vitaminlar va magniyning mavjudligi asab va yurak-qon tomir tizimlari funksiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, xususan, qon bilan taʼminlanishni yaxshilash va tomirlar butunligini saqlashga yordam beradi.
Shuningdek Siavit charchash, toliqish hissini kamaytirish, jismoniy salomatlikni qoʻllab-quvvatlash va organizmni mustahkamlash uchun tavsiya etiladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlarga yuqori darajada sezuvchanlik, 12 yoshgagacha bolalar, homilador va koʻkrak bilan emizuvchi ayollar.

Farmakodinamikasi

Uzum danagi ekstrakti – tarkibiga kversetin, katexinlar, resveratrol, piknogenol, lyutein, zeaksantin kabi biofaol moddalar kiradi. Shuningdek danaklar tarkibida biotin, kalsiy, magniy, sink, selen, foliy kislotasi, tiamin, A vitamini, C vitamini, Е vitaminlari mavjud. Muhim ahamiyatga ega antioksidantlar, metaboliklar va mikronutrientlar sifatida ular turli toʻqimalarda modda almashinishini optimallashtirishda ishtirok etadilar.

Xondroitin sulfati – tarkibida kemirchak hamda biriktiruvchi toʻqima tuzilishi va fiziologik funksiyasi uchun zarur boʻlgan elementlar sifatida qisman gidrolizlangan II turdagi kollagen, xondroitin sulfati va gialuron kislotasi mavjud. II turdagi kollagen kemirchak, umurtqa tanalari orasidagi disklar va shishasimon tanalarni tashkil qiladi. Shuningdek C (CSC) xondroitin sulfati muguz pardada ham mavjud boʻlib, uning samaradorligi, asosan, kollagenning shishasimon tolalaridan tarkib topgan strukturalarni yemirishga qodir boʻlgan kollagenazaning oqsilli birikmalari konsentratsiyasini kamaytirishdan iborat. Xondroitinning suv tarkibini eslash va tuzatish qobiliyati tuzli komponentning shishasimon tanasining tegishli muvozanatini saqlashga yordam beradi. Va, nihoyat, taʼsirni kuchaytirish maqsadida glyukozamin bilan sinergetik ravishda ish olib boring.

Natriy gialuronati – gialuron kislotasining natriyli tuzi – inson organizmida keng tarqalgan molekula. Uning organizm toʻqimalardagi konsentratsiyasi, shuningdek koʻzning shishasimon tanasidagi konsentratsiyasi inson yoshi ulgʻaygan sari kamayish mayliga ega. Mazkur makromolekulyar strukturani qabul qilish gialuron kislotasining yoshga oid yetishmovchiligini toʻldirish imkonini beradi.
Glyukozamin – glyukozamin sulfati aminoqand boʻlib, inson organizmida tabiiy ravishda mavjud boʻladi; koʻplab glikoproteinlar, glikolipidlar, mukopolisaxaridlar kabi muhim makromolekulalarning sintezi uchun zarur, aksariyat toʻqimalar va koʻz strukturalari uchun eng muhim komponentlari hisoblanadi. Yosh ulgʻaygan sari organizm tomonidan ishlab chiqiladigan glyukozamin miqdori kamayib boradi, bu esa muayyan toʻqimalarning kuchsizlanishiga olib keladi.
Е vitamini – oʻzining yuqori antioksidant taʼsiri tufayli erkin radikallar nishoni boʻlgan hujayra membranalari lipidlarini himoya qilish qobiliyatiga ega: hujayralar qarishiga olib keluvchi oksidlanishni toʻxtatib turadi, Е vitamini hujayralarda kechadigan degenerativ jarayonlarga qarshi taʼsir koʻrsatishda foydali boʻlishi mumkin. Yosh ulgʻaygan sari Е vitamini konsentratsiyasi kamayishi sababli, integratsiya koʻrishning xiralanishi bilan qoʻshilgan koʻz toʻr pardasining pigmentli epiteliyi toʻqimasining oʻzgarishi hollarida foyda keltirishi mumkin.
Magniy – hujayralar metabolizmining toʻgʻri amal qilishi uchun zarur element; organizm uchun energiya ishlab chiqarish jarayonlariga yordam beradi hamda asab va mushaklarda impuls uzatilishida modulyator rolini oʻynaydi.
B6 vitamini – energiya ishlab chiqarish uchun foydali, aksariyat toʻqimalar, ayniqsa, asab toʻqimalari trofikasini ham markaziy, ham periferik darajada ragʻbatlantiradi, xususan, B6 vitamini karbonsuv va oqsillar metabolizmi uchun foydali.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

СИАВИТ kapsulalar rasmlari

product

SIAVIT kapsulalar 400mg N30

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

SIAVIT kapsulalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

SIAVIT kapsulalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

SIAVIT kapsulalar dori vositasi Aseptica, OOO (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Dori vositalari

SIAVIT kapsulalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

SIAVIT kapsulalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

SIAVIT kapsulalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI