Hududni tanlang
group

OMEVIT sirop

Aseptica, OOO (O'zbekiston)
Faol moddalar:
L-Valina, L-Gistidina, L-Leysina, L-tirozin, Arginin, Beta - karotin, vitamin B1, vitamin B2, vitamin B6, vitamin C, Vitamin K, vitamin PP, vitamin A, Vitamin Ye, jelezo, izoleysin, Kaliy, kalsiy, Linolevaya kislota, Linolenovaya kislota, Marganes, Med, niasinamid, fenilalanin, Sink
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
Narx: 190 000 so'mdan

OMEVIT siropning dorixonalardagi narxlar

product
OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml
Aseptica, OOO
190 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma OMEVIT sirop

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

OmeVit Chernika BFQ vitaminlar, minerallar va boshqa biofaol moddalar bilan boyitilgan tabiiy mahsulot hisoblanadi. Mahsulotning yuqorida koʻrsatilgan xossalari uni eng avvalo koʻrish organlarining meʼyordagi fiziologik funksiyalarini saqlab turish uchun muvaffaqiyat bilan tavsiya etish imkonini beradi:
– erkin radikallarning koʻz toʻrpardasiga zararli taʼsirini pasaytiradi, koʻrish organining turli boʻlimlariga oziqa moddalari va kislorod yetkazib beruvchi qon tomirlarining mustahkamlanashiga yordam beradi.
-biologik faol moddalar toʻrpardaning yorugʻlikka sezuvchanligini oshiradi, shuning uchun odam gʻira-shira paytda va qorongʻulikda yaxshiroq koʻra boshlaydi;
– koʻzning charchogʻini oladi va koʻz ichidagi suyuqlik oqishini yaxshilaydi, bu koʻz ichidagi bosimni fiziologik normada saqlab turish imkonini beradi;
Siropni qoʻllanish shuningdek immun kuchlarini mustahkamlashga va organizmning koʻplab noxush omillar (infeksiyalar, shamollash jarayonlari, stresslar, ortiqcha jismoniy va aqliy yuklamalar)ga moslashish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.
OmeVit Chernika biokomponentlari gemoglobin darajasini tezda tiklash bilan bogʻliq holda qon ishlab chiqarilishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, yurak funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi, tomirlar holatini va organlarning qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi.
Ekstraktlar ishtahasi pasaygan shaxslar uchun ham foydali hisoblanadi, ular ovqat hazm qilish, jigar, oʻt qopi funksiyasini yaxshilaydi. Ularning metabolizmni faollashtirish qobiliyati shlaklarni chiqarishga yordam beradi, siropda antioksidantlar miqdorining koʻpligi uni mustahkamlaydi va organizmga yoshartiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Mahsulot tarkibiy qismlariga shaxsiy taʼsirchanlik, homiladorlik, emizish. Tarkibida shirin maza beruvchi modda (sorbit) mavjud boʻlib, haddan ortiq koʻp isteʼmol qilishda ichni yurishtiruvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin. Qoʻllanishdan oldin vrach bilan maslhatlashish zarur.

Farmakodinamikasi

Chernika ekstrakti inson organizmi toʻla oʻzlashtiradigan shakldagi temirning boy manbai hisoblanadi. Shuningdek, tarkibida insonning toʻlaqonli hayot faoliyati uchun beqiyos kislotalar, xususan qahrabo, olma, xinin, shovul, sut, limon kislotalari, shuningdek B, PP, C, K, E guruh vitaminlari, kaliy, marganes, mis, xrom, rux, fosfor, oltingugurt kabi eng muhim mikro va makroelementlar mavjud. Bundan tashqari, tarkibida oshlovchi moddalar hamda efir moylari bor.
Chernika ingrediyentlari birgalikda modda almashinuvini meʼyorlashtiradi, antioksidant xossalarga ega. Bunda qon aylanishi va toʻqimalarning kislorod bilan toʻyinishi yaxshilanadi, bu ayniqsa koʻrish organlarida yaqqol seziladi.
OmeVit Chernika tarkibidagi vitaminlar va mikroelementlar fiziologik samaralariga muvofiq ravishda mahsulotning asosiy tarkibiy qismlari xossalarini kuchaytiradi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

OMEVIT sirop boshqa turlari

OMEVIT sirop rasmlari

product

OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

OMEVIT sirop dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

OMEVIT sirop dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

OMEVIT sirop dori vositasi Aseptica, OOO (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Oftolmologik vositalar

O'zbekistonda dorixonalarda OMEVIT sirop dori vositasi qancha turadi?

OMEVIT sirop dori vositasining boshlang'ich narxi - 190 000 so'mdan.

OMEVIT sirop dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

OMEVIT sirop dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

OMEVIT sirop haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

OMEVIT sirop analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.