Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Mativit kompleksi organizm uchun foydali biologik faol moddalar va mikronutriyentlar manbasi sifatida vitaminlar, minerallar va mikroelementlarda ehtiyoj yuqori boʻlgan hollarda (uzoq muddatli parxez, ovqatlanishda sabzavot va mevalar yetishmaganda, qishda va bahorda) tavsiya etiladi.
Mativit kompleksi shuningdek immun salomatlikni, yurakning normada ishlashiga yordam berish va toʻr parda qon tomirlarini mustahkamlash, koʻrishni normada boʻlishini – rang va yoruqlikni koʻrishning oʻtkirligini taʼminlashda tavsiya etiladi .
Biologik faol qoʻshimcha asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi, stresslarning koʻrish aʼzolari va umuman organizmga salbiy taʼsirini yumshatadi, koʻrish organining yosh bilan bogʻlik va distrofik oʻzgarishlarni toʻxtatib turishga yordam beradi.
Mativit kompleksi kuchni tez tiklash uchun foydali, ogʻir kasalliklardan soʻng reabilitatsiya davrida qoʻshimcha vosita sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Mativit kompleksi sportchilar uchun kuchli jismoniy yuklamalarni bajarishda va astenopiyali kishilarga foyda keltirishi mumkin, deb hisoblanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlarga yuqori darajada sezuvchanlik, 6 yoshgacha bolalar. Homilador va koʻkragi bilan emizuvchi ayollarga faqat mutaxassis maslahatidan soʻng.
Farmakodinamikasi
B2 vitamini – jigar, buyrak, shampinyon qoʻziqorini, oq qoʻziqorinlar, hamirturush, tuxum, tvorog, sut, sabzavotlar, mevalar, goʻsht tarkibida mavjud.
Riboflavin fotoretsepsiya jarayonlari uchun zarur (koʻrish purpurining qurilishida ishtirok etadi), koʻz toʻr pardasini ultrabinafsha nurlar ortiqcha taʼsiridan himoya qiladi, normada koʻrishni – rang va yoruqlikni koʻrishning oʻtkirligini, qorongʻulikda moslashishni taʼminlaydi. Riboflavin yetishmagan hollarda koʻrish aʼzolarida oʻzgarishlar nomoyon boʻladi: koʻz va qovoqlarning achishi , “koʻzlarning qizarishi” (qon tomirlarning uzilishi), yoruqlikdan qoʻrqish, muguztaroqning vaskulyarizatsiyasi, konyunktivit, keratit va baʼzi hollarda — katarakta.
B6 vitamini – modda almashinuvi jarayonlarida, eritrotsitlar va gemoglobin ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Asab tizimining normada amal qilishiga yordam beradi, emotsional-ruhiy holatni boshqarishni shakllantirishda ishtirok etadi, yoshga tegishli makulyar distrofiya, koʻz toʻr pardasi distrofiyasi, glaukoma rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Foliy kislotasi – hujayralar oʻsishi va organizmning rivojlanishida (shu jumladan homilaning oʻsishida), immunitet, yurak va tomirlarning toʻgʻri ishlashi, aminokislotalar sintezida ishtirok etadi. Eritrotsitlarning normada yetilishini taʼminlashda ishtirok etadi.
B12 vitamini – jigarda aktiv shaklga aylanadi va tana aʼzolarining normadagi metabolizmi jarayonlarini taʼminlashda ishtirok etuvchi koʻp sonli ferment tizimlar tarkibiga kiradi. Qon yaratilishi jarayonlarida ishtirok etadi – eritrotsitlar yetilishi, koʻzda qon aylanishini normaga keltirishga yordam beradi.
N atsetil L sistein – organizmimizdagi eng muhim antioksidant – glutationni toʻldirish uchun zarur, u organizmdagi hujayra va toʻqimalarni shikastlantirishi mumkin boʻlgan erkin radikallarni neytralizatsiya qilishga yordam beradi.
Betain – glitsin aminokislotasi hosilasi, ovqat hazm qilish fermentli funksiyasiga ega, modda almashinuv jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, yogʻlar, oqsillar va karbon suvlarni hazm qilishni yaxshilaydi, oqibatda ovqatning sifatli hazm qilinishiga yordam beradi.