Hududni tanlang
group

KETONAL granulalar

Sandoz Pharmaceuticals d.d. (Sloveniya) va boshqalar

Yo'riqnoma KETONAL granulalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Kattalar

Quyidagi kabi holatlarda og'riq va yallig'lanishni simptomatik davolash:

Jarohatdan keyingi yallig'lanish;

Stomatologiya, otolaringologiya, urologiya va pulmonologiyada og'riqli yallig'lanishli holatlar;

Osteoartritda og'riq;

revmatoid artrit;

ankilozlovchi spondilit;

bo'g'imdan tashqari revmatizm.


16 yosh va undan katta o'smirlar

Suyak-bo'g'im tizimi kasalliklari, operasiyadan keyingi og'riq va o'rta quloqni yallig'lanishi (otit) kabi holatlarda tana haroratini oshishi bilan yoki usiz kechuvchi og'riq va yallig'lanishni qisqa muddatli simptomatik davolashda qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Ta'sir etuvchi modda, atsetilsalisil kislotasi, boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) yoki dori vositasining biron-bir yordamchi moddasiga o'ta yuqori sezuvchanlik. U rinit, bronxospazm, bronxial astma, eshakemi kabi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini o'z ichiga oladi yoki ketoprofen, atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV ni qabul qilish fonida yuzaga kelgan anamnezidagi allergik tipdagi reaktsiyalar; bunday pasientlarda og'ir darajadagi va kam xollarda o'limga olib keluvchi anafilaktik reaktsiyalar kuzatilgan.

Anamnezida bronxial astma.

Faol peptik yara yoki me'da-ichakdan qon ketishi, anamnezida yara yoki perforasiya.

Og'ir darajadagi yurak etishmovchiligi.

Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi.

Og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi.

Qon ketishlarga moyillik.

Homiladorlikning uchinchi uch oyligi.

Bolalar va 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

Ta'sir etuvchi modda: ketoprofen.

Ikkitali sashe 50 mg ketoprofen saqlaydi (bu 80 mg ketoprofenning lizinli tuziga ekvivalent).

Ikkitali sashedan yarim (25 mg) yoki to'liq (50 mg) dozani olish mumkin.

Yordamchi moddalar: mannitol (E421), povidon K30, yalpiz hushbo'yi, natriy xloridi, natriy saxarinati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

Farmakodinamikasi

Ketoprofenning ta'sir mexanizmi tsiklooksigenaza fermentini susaytirish yo'li orqali prostaglandinlar sintezini pasaytirish bilan bog'liq. Dori vositasi og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi xususiyatlarga va nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) sinfiga mansub.

Farmakologik ta'sir

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalar ko'rinishidagi dori shakli ta'sir etuvchi moddani suvli eritma ko'rinishida qabul qilish imkonini beradi. Bu plazmada moddaning cho'qqi kontsentrasiyasiga tez erishishga olib keladi, bu klinik jihatdan ta'sirni tezroq boshlanishi va kuchliroq og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi samara bilan namoyon bo'ladi.

95199 % ketoprofen qon plazmasidagi oqsillar bilan bog'lanadi.

Ketoprofen jadal metabolizmga uchraydi: faol moddaning 60180 % metabolitlari ko'rinishida siydik bilan chiqariladi.

Chiqarilishi – tez va asosan buyraklar orqali amalga oshiriladi: faol moddaning 50% siydik bilan 6 soat davomida chiqariladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Agar siz homilador bo'lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb o'ylasangiz yoki homiladorlikni rejalashtirgan bo'lsangiz, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Homiladorlikning oxirgi 3 oyi davomida ushbu dori vositasini qabul qilmang. Homiladorlikning birinchi 6 oyi davomida agar davolovchi shifokor maqsadga muvofiq deb hisoblasa ushbu dori vositasini qabul qilishga ruxsat etiladi. Agar siz ketonal aktiv plyus preparatini qabul qilayotgan bo'lsangiz emizish tavsiya etilmaydi. Dori vositasi odam ko'krak sutiga kirishi noma'lum. Agar siz homiladorlikni rejalashtirgan bo'lsangiz yoki homilador bo'lishda qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering. Ushbu dori vositasini qabul qilish homilador bo'lishni qiyinlashtirishi mumkin.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

KETONAL granulalar boshqa turlari

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

KETONAL granulalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

KETONAL granulalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

KETONAL granulalar dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d. (Sloveniya) Sandoz Pharmaceuticals (Sloveniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

KETONAL granulalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

KETONAL granulalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

KETONAL granulalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.