Hududni tanlang
group

BIORAN gel

Rusan Pharma LTD (Hindiston) va boshqalar
Faol moddalar:
diklofenaka dietilamin
Narx: 52 600 so'mdan

BIORAN gelning dorixonalardagi narxlar

product
BIORAN gel 30g
Rusan Pharma Ltd
52 600 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
BIORAN gel 15g
Rusan Pharma LTD

Yo'riqnoma BIORAN gel

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Yumshoq to'qimalar va bo'g'imlarni posttravmatik yallig'lanishlarida (masalan, paylarni cho'zilishlari, zo'riqishlar va lat yeyishlar oqibatida);
Yumshoq to'qimalarni revmatik kasalliklarida (tendovaginit, bursit, periartikulyar to'qimalarni shikastlanishi);
Mushaklar va bo'g'imlarni kasalliklari bilan bog'liq bo'lgan og'riq sindromi va shishida (revmatoid artrid, osteartroz, radikulitlar, lyumbago, ishias va boshqalar) qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Diklofenakka yoki preparatning boshqa komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYaQPga yuqori sezuvchanlik, “aspirinli” astma, homiladorlik (III uch oyligi), laktatsiya davri, bolalar (12 yoshgacha), teri qoplamlari butunligini buzilishida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar porfiriyasi (zo'rayishi), me'da-ichak yo'llarini eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyraklar faoliyatini og'ir darajadagi buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshi, homiladorlikni I va II uch oyliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Farmakologik ta'sir

Diklofenakning teri orqali so'riladigan miqdori u qo'yilgan maydonga proportsional, shuningdek preparatning yig'indi dozasi va terining gidratatsiyasi darajasiga bog'liq. Preparat sirtga qo'llanganida 6% dan ko'p bo'lmagan diklofenak so'riladi.
Metabolizmi asosan gidroksidlanish yo'li orqali bir necha hosilalarini hosil bo'lishi bilan amalga oshiriladi, ulardan ikkitasi farmakologik jihatdan faoldir, lekin diklofenakka nisbatan ahamiyatli darajada kam. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi diklofenakning umumiy tizimli klirensi minutiga o'rtacha 263 ± 56 ml, yakuniy yarim chiqarilish davri esa - 1-3 soatni tashkil etadi.

Nojo'ya ta'sirlar

Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Bolalarda qo'llash

Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanishi:
Preparatni homiladorlikni III uch oyligida qo'llash mumkin emas. Homiladorlikni I va II uch oyliklarida faqat shifokorning maslahatidan so'ng qo'llash mumkin.
Diklofenak va uning metabolitlari ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

BIORAN gel boshqa turlari

BIORAN gel rasmlari

product

BIORAN gel 15g

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

BIORAN gel dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

BIORAN gel dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

BIORAN gel dori vositasi Rusan Pharma LTD (Hindiston) Rusan Pharma Ltd (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

O'zbekistonda dorixonalarda BIORAN gel dori vositasi qancha turadi?

BIORAN gel dori vositasining boshlang'ich narxi - 52 600 so'mdan.

BIORAN gel dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

BIORAN gel dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

BIORAN gel haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

BIORAN gel analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.