Terapevt
Terapevt - bu insonning barcha kasalliklari haqida tasavvurga ega bo'lgan va ularni taniy oladigan keng profilli shifokor. Odamlar kasallikni birinchi alomatlarini sezganda ushbu shifokorga murojaat qilishadi va uning tavsiyasi bilan ular torroq soha mutaxassisiga yo’naltiriladi.
Terapevt nima qiladi?
Ushbu shifokorning maqsadini tushunish uchun terapiya har qanday tashxisning asosi ekanligini bilish kerak, chunki u inson tanasini alohida tizimlarga bo'lmasdan, butunligicha ko'rib chiqadi. Albatta, torroq soha mutaxassislari terapevtdan ko'ra inson tanasining u yoki bu qismini yaxshiroq bilishadi. Ammo qaysi shifokorga borish kerakligini tushunish uchun birinchi navbatda terapevtga murojaat qilish kerak. Tibbiyotda bu shifokor katta ahamiyatga ega, chunki uning mantiqiy fikrlash, tez va ongli qarorlar qabul qilish qobiliyati yakuniy tashxisda muhim rol o'ynaydi.
Terapevt qanday kasalliklarni davolaydi?
Terapevt tashxis qo'yishi mumkin bo'lgan kasalliklar:
-
O'tkir respirator virusli infeksiyalar, shamollash.
-
Yurak-qon tomir kasalliklari. Shifokor bemorni dastlabki uch oyda davolaydi, ammo kasallikni davolashning standart usullari yordam bermasa, u holda kardiologga murojaat qilish buyuriladi.
-
Yaqinda aniqlangan va shoshilinch davolanishni talab qiladigan oshqozon-ichak trakti kasalliklari, jigar kasalliklari.
-
Yangi tashxis qo'yilgan respirator kasalliklar.
-
Qalqonsimon bezga ta'sir qiluvchi kasalliklar. Shifokor tekshiruv o'tkazadi, diagnostikani tayinlaydi va keyin davolashga o'tadi.
Toshkentda terapevtni qayerdan topish mumkin
Yaxshi terapevtni Med24.uz saytida topa olasiz. Boshqa bemorlarning sharhlari va reytinglarga e'tibor qaratgan holda Toshkent shifokorlari orasida terapiya sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarni tanlaysiz. Shuningdek, shifokor qabulidan so’ng uning ishiga o'z bahoingizni qo’yish va sharhlar yozishingiz mumkin.