Hududni tanlang

Kabilova Nilufar Abduraxmanovna

Tajriba 16 yil ・ Ikkinchi toifali shifokor
⚕️ Kabilova Nilufar Abduraxmanovna - ginekolog, reproduktolog, 16 yil tajribaga ega ikkinchi toifali shifokor, 1 fikr-mulohaza. Onlayn yoki telefon orqali qabulga yozilish

Ma'lumotlar yangilandi: 14.05.2022

Xatolik haqida habar berish

Yozilish

Medad Med

Fargonay yo'li ko'chasi 790,
Mo'ljal: Hofmann do`koni

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Ish vaqti belgilanmagan  

ico Medad Med

Ish vaqti belgilanmagan  

Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.

“Ankalayf” EKO va Ayollar salomatligi markazi

Beshyog'och ko`chasi, 42 A
Mo'ljal: Mediapark Qoratosh

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

Dushanba - Shanba 09:00-14:00  

Yakshanba Dam olish kuni   

ico “Ankalayf” EKO va Ayollar salomatligi markazi

Telefon raqamni ko'rish uchun bizning Telegram botga o'ting.

ico Telegramda raqamni ko'rish

Mutaxassis haqida ko'proq ma'lumot

Kattalarni qabul qiladi

2006 yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Davolash fakultetini davlat granti asosida tugatgan. 2008 klinik ordinaturani bitirib, 2020 yilga qadar turli yo‘nalishlarda 5 ta malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli markaziy kasalxonasida 9 yil konsultant-ginekolog bo‘lib ishlagan.

Reproduktologiya yo‘nalishida 2017 yildan ish boshlab, 2018-2019 yillarda “Medicine Connected” xususiy klinikasida AQSH ning “New Hope Fertility” EKU markazi mutaxassisi Letisiya Burgos (Dr. Leticia Burgos) bilan yonma-yon ishlab 2000 ga yaqin pasiyentni ko‘rikdan o‘tkazgan va reproduktolgiya sohasida nazariy va amaliy katta tajriba orttirgan.

2019 yil may oyidan hozirgacha “Ankalayf” EKU va ayollar salomatligi markazida ginekolog va reprduktolog bo‘lib ishlab kelmoqda. EKU mutaxassisi, turk professori doktor Jixangir Chakiji bilan ikki yarim yildan ortiq birga ishlab 5000 dan ziyod pasiyentlarni ko‘rikdan o‘tkazdi. 400 dan ko‘p EKU muolajalarida bevosita ishtirok etgan. Bugungi kunda EKU muolajalarini mustaqil amalga oshira oladigan malakaga ega bo‘ldi.

Amerika reproduktiv tibbiyot jamiyatining (ASRM − American Sosiety Reproductive Medicine) 10 dan ziyod sertifikatiga ega. Qozog‘iston reproduktiv tibbiyot assosasiyasining bir necha kongresslarida qatnashgan.

Rus, Ingliz va Turk tillarini mukammal biladi.

Doktor Kabilova Nilufar Abduraxmanovna haqida sharhlar

Sharhlarni moderatsiyasi
Fikr-mulohaza shaxsiy baho va klinika yoki shifokor bilan o'zaro aloqalardan orttirilgan haqiqiy tajribani o'z ichiga olishi kerak.
Fikr-mulohaza mazmunli bo'lishi va iloji boricha aniq ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak.
Portal tahririyati sharhni saqlab qolish, nashr etishni taqiqlovchi so'zlarni, iboralarni o'chirish va sharhning mohiyati va asosiy mazmunini o'zgartirmaslik uchun tahrir qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.
11.05.2022
Moxigul
Shifokor qabuli tasdiqlanmagan

Зўр Врач репродуктолог. жуда ўқимишли ва тарибали.
Davomini o'qish

So'nggi sharhlar

ico
Kabilova Nilufar Abduraxmanovna
Sizning ma'lumotlaringiz
So'rovingiz qabul qilindi!
ico

Sizning so'rovingiz qabul qilindi. Yaqin ish vaqtida ko'rsatgan telefon raqamingiz orqali siz bilan bog'lanishadi

Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.