Miya aterosklerozi (Serebral ateroskleroz) - aterosklerotik pilakchalar bosh miya arteriyalarida paydo bo‘lib, tomirlarning torayishiga va qon aylanishining buzilishiga olib keladigan kasallikdir. Bu holat ko‘pincha 60 yoshdan oshgan keksa odamlarda uchraydi, lekin 20 yoshdan boshlab yoshroq odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Serebral ateroskleroz tomir demensiyalari jumlasiga kiradi, shuning uchun uni "qarilik sklerozi" deb ham atashadi.
(Serebral ateroskleroz) - aterosklerotik pilakchalar bosh miya arteriyalarida paydo bo‘lib, tomirlarning torayishiga va qon aylanishining buzilishiga olib keladigan kasallikdir. Bu holat ko‘pincha 60 yoshdan oshgan keksa odamlarda uchraydi, lekin 20 yoshdan boshlab yoshroq odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Serebral ateroskleroz tomir demensiyalari jumlasiga kiradi, shuning uchun uni "qarilik sklerozi" deb ham atashadi.
Sabablari
Serebral ateroskleroz bosh miya arteriyalari ichki pardasining zararlanishi, aterosklerotik pilakchalar paydo bo‘lishi natijasida boshlanadi, bu pilakchalar atrofida biriktiruvchi to‘qima o‘sib, kalsiy tuzlari to‘planib boradi. Kasallikning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- Noto‘g‘ri ovqatlanish (hayvon yog‘larini ortiqcha iste’mol qilish);
-
Jigar tomonidan xolesterin ishlab chiqarilishining oshishi;
-
Tez-tez stresslar;
-
Alkogolni suiiste’mol qilish.
Miya aterosklerozining belgilari
Serebral ateroskleroz uchun quyidagi simptomlar xarakterlidir:
- Depressivlik
- Harakat koordinatsiyasining buzilishi
- Uyqu buzilishi
- Kayfiyatning keskin o‘zgarishi
- Konsentratsiyaning pasayishi
- Xotiraning buzilishi
- Tez-tez bosh og‘riqlari
Dastlabki bosqichlarda simptomlar yashirin bo‘lishi mumkin, shuning uchun keksalarga muntazam ravishda to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya etiladi.
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol
shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldening olish osonroq
Serebral aterosklerozning oldini olish uchun shifokorlar quyidagilarni tavsiya qiladilar:
Bemorlar ratsionidan tarkibida xolesterin bo‘lgan mahsulotlarni chiqarib tashlashlari kerak: