- bu yallig‘lanish burunning bitta yoki bir nechta qo‘shimcha bo‘shliqlarini qamrab oladigan kasallikdir. Kasallikning o‘tkir va surunkali kechishi tafovut qilinadi.
Sabablari
Ortiqcha burun bo‘shliqlari tozalanmay qolganda sinusit boshlanadi, bu narsa sekretning dimlanib, yallig‘lanishga sabab bo‘ladi. Sinusitning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- o‘tkir respirator infeksiyalar;
-
yuqumli kasalliklar (masalan, gripp);
-
organizmning haddan tashqari sovishi;
-
rinit va faringit asoratlari;
-
burun bo‘shlig‘idagi jarohatlar yoki operatsiyalar;
-
yuqori jag‘ tishlarining yallig‘lanish jarayonlari (pulpit, periodontit);
-
allergik rinit asoratlari;
-
burun poliplari (burun shilliq qavatidagi narostlar) mavjudligi;
-
anatomik xususiyatlari (burun to‘sig‘ining qiyshayishi).
Xavf
Agar sinusitni o‘z vaqtida davolashni boshlamasa, kasallik surunkali shaklga o‘tishi mumkin, bu esa asoratlar xavfini oshiradi, masalan:
- osteomiyelit;
-
meningit;
-
ko‘z kosasi abssessi yoki flegmonasi;
-
miya abssessi
Kamdan kam hollarda o‘limga olib kelishi mumkin.
Kelajakda sinusit bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: