Yurak astmasi - bu shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladigan hansirash va bo‘g‘ilish xurujlari bilan tavsiflanadigan holat. Agar o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, astma simptomlari o‘limga olib kelishi mumkin. Kasallik chap qorincha yetishmovchiligi natijasida boshlanadi, bu narsa kichik qon aylanish doirasida qon dimlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu qon plazmasining o‘pka to‘qimalariga va ba’zi hollarda bronxlarga kirib borishiga olib keladi, bu esa o‘pkada shish paydo bo‘lishiga, nafas olish qiyinlashishiga va bo‘g‘ilib qolishga olib keladi.
- bu shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladigan hansirash va bo‘g‘ilish xurujlari bilan tavsiflanadigan holat. Agar o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, astma simptomlari o‘limga olib kelishi mumkin. Kasallik chap qorincha yetishmovchiligi natijasida boshlanadi, bu narsa kichik qon aylanish doirasida qon dimlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu qon plazmasining o‘pka to‘qimalariga va ba’zi hollarda bronxlarga kirib borishiga olib keladi, bu esa o‘pkada shish paydo bo‘lishiga, nafas olish qiyinlashishiga va bo‘g‘ilib qolishga olib keladi.
Sabablari
Yurak astmasi kelib chiqishiga quyidagi holatlar sabab bo‘lishi mumkin:
- mitral stenoz;
-
yurak ishemik kasalligi;
-
o‘tkir miokard infarkti;
-
yurak anevrizmasi;
-
infarktdan keyingi holatlar;
-
surunkali glomerulonefritning zo‘rayishi;
-
kardioskleroz;
-
hilpillovchi aritmiya paroksizmi;
-
bo‘lmachalar titrashi;
-
yurak qopqoqlarining yetishmovchiligi yoki nuqsonlari;
-
aylanib yurgan qon hajmining ko‘payishi;
-
kuchli jismoniy zo‘riqishlar, katta hajmdagi suyuqlik vena ichiga yuborilganda yoki tananing gorizontal holati tufayli yuzaga keladigan yurak yetishmovchiligi.
Yurak astmasi belgilari
Yurak astmasi belgilari ko‘pincha tunda namoyon bo‘ladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Quruq yo'tal
- Terining rangparligi
- Nafas olishning qiyinligi
- O‘pka shishi
- Kuchli terlash
- Bo‘g‘ilish
- Teri sianozi
Bu simptomlar bronxial astma belgilariga o‘xshash bo‘lishi mumkin, bu esa shifokor tomonidan aniq tashxis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin.
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol
shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldening olish osonroq
Diagnostika
Kompyuter tomografiyasi MRT Ko'krak qafasi rentgeni Elektrokardiografiya (EKG) Kardiologiya Yurak astmasini davolashni aniqlash uchun quyidagi diagnostik tadbirlarni amalga oshirish zarur:
O‘pka tinglanganda tarqoq yoki yakka-yakka xirillashlar kuzatilishi mumkin, rentgen tekshiruvida kichik qon aylanish doirasida dimlanish va to‘laqonlik belgilari kuzatiladi. Yurak astmasi xuruji paytida EKGda tish amplitudasi va ST intervalining pasayishi, aritmiya va koronar yetishmovchilik belgilarini ko‘rish mumkin.
Yurak astmasini davolash
Yurak astmasini davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- xuruj paytida birinchi yordam ko‘rsatish (nifedipin, nitroglitserin);
-
kislorod bilan ingalyatsiya qilish;
-
morfin, furosemid, yurak glikozidlarini kiritish;
-
birinchi xuruj paytida kasalxonaga yotqizish;
-
ritm buzilishlarida elektr impulsli terapiya.
Natija asosiy patologiyaga bog‘liq, ammo kompleks davolash takroriy xurujlarning oldini olishi va bemorning holatini saqlab turishi mumkin.