Hududni tanlang
ico
Shifokorni tanlash: Trixolog
ico
Klinikani tanlash: Trixologiya
Shifokorlar ro'yhati

Gipertrikoz


Gipertrikoz (Gipertrixoz) - bu androgenlar ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan tana qismlarida sochlarning ortiqcha o‘sishi bilan ajralib turadigan kasallik.
Gipertrikoz( Gipertrixoz)  - bu androgenlar ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan tana qismlarida sochlarning ortiqcha o‘sishi bilan ajralib turadigan kasallik.
Gipertrixoz turlari:

  • Tug‘ma pushka gipertrixozi embrion tuklarining 10 sm dan ortiq o‘sib borishi bilan ta’riflanadi. Bu genetik buzilishlar bilan bog‘liq.
  • Orttirilgan tukli gipertroxoz - tukli tuklarning soch follikulalaridan o‘sib chiqishi, xavfli o‘smalardan oldin paydo bo‘lishi kuzatiladi.
  • Doriga aloqador gipertroxoz - bu dorilar, masalan, kortikosteroidlar qabul qilinishi natijasida tananing turli qismlarida sochlarning bir tekis o‘sishi.
  • Simptomatik gipertrixoz - boshqa kasalliklar yoki jarohatlar, masalan, porfiriya yoki bosh miya jarohatlari simptomi sifatida paydo bo‘ladi.
  • Travmatik gipertroxoz - jarohatlar, chandiqlar yoki terining doimiy ta’sirlanishi joyida sochlarning kuchli o‘sishi.

Sabablari

Kasallik epitelial hujayralar tuzilishining o‘zgarishiga olib keladigan genetik mutatsiyalar tufayli paydo bo‘ladi, bu ularga epidermal hujayralarga aylanish imkonini beradi.

Gipertrixoz sabablari:

  • Homiladorlikning buzilishi.
  • Homilador ayolning birinchi trimestrda o‘tkazgan yuqumli kasalliklari.
  • Onkologik kasalliklarning rivojlanishi.
  • Bosh miya jarohati yoki dermatomikoz simptomi.
  • Asabning toliqishi.
  • Suyak tizimi rivojlanishining buzilishi.

Gipertrikozning belgilari

Gipertrixozning asosiy simptomi yosh, jins va etnik mansubligi jihatidan me’yorga to‘g‘ri kelmaydigan joylarda sochlarning ortiqcha o‘sib ketishidir.

Bolalarda gipertrixoz ko‘pincha nevuslar bilan birga davom etib boradi.

ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldening olish osonroq

Diagnostika

  • Trixologiya
  • Biokimyoviy qon tahlili
  • Umumiy qon tekshiruvi
  • Gipertrixoz diagnostikasi trixolog vrach tomonidan o‘tkaziladi. Davolashni aniqlash uchun u quyidagilarni bajaradi:

      Shuningdek, ginekolog, endokrinolog va genetik maslahatlari talab qilinishi mumkin.

      Gipertrikozni davolash

      Gipertrixozni davolash quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

      • Sochlarning rangsizlanishi;
      • Maxsus kremlar;
      • Fizioterapevtik usullar (masalan, elektrokoagulyatsiya);
      • Elektr epilyatsiya.

      Mustaqil ravishda sochlarni, ayniqsa yuzdagi sochlarni, pinset yoki mum yo‘llar yordamida olib tashlash alomatlarni kuchaytirishi mumkin. Yaxshisi, professional yordam olish uchun ixtisoslashgan trixologiya markaziga murojaat qiling.

      Xavf guruhi

      Kasallik yoshidan qat’i nazar, erkaklarga ham, ayollarga ham ta’sir qiladi.

      Oldini olish

      Afsuski, ushbu patologik holatning birlamchi profilaktikasining ixtisoslashtirilgan usullari mavjud emas.
      ico
      Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

      Gipertrikozni davolovchi shifokorlar

      Batafsil
      ico
      Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko`chasi, 64
      Mo'ljal: Kafe "Efendi"
      Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
      ico
      Ish vaqti belgilanmagan
      ico
      Natural Hair Clinic

      Ish vaqti belgilanmagan

      Telefon raqamni ko'rish uchun bizning Telegram botga o'ting.

      ico Telegramda raqamni ko'rish

      Operatorga uning telefon raqamini med24.uz saytidan olganingizni ayting.


      ico
      Shifokorlar
      Sizning ma'lumotlaringiz
      So'rovingiz qabul qilindi!
      ico

      Belgilangan raqamga chegirma uchun promo-kod bilan SMS-xabar jo'natildi

      Foydali ma'lumot

      ico
      Analizlar
      Med24.uz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin bo'lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
      Batafsil ico
      ico
      Diagnostik markazlar
      Med24.uz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
      Batafsil ico
      ico
      Tibbiy xizmatlar
      Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling
      Batafsil ico
      Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
      uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
      © med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI