Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Endometrium giperplaziyasi(Endometriy giperplaziyasi) bachadon shilliq pardasining o‘sib, qalinlashib borishi bilan ta’riflanadigan kasallikdir. Endometriyning bezli giperplaziyasi deb ham ataladigan bu kasallik shilliq pardadagi bezlarning haddan tashqari o‘sib, kattalashib ketishi bilan namoyon bo‘ladi.
Endometrium giperplaziyasi(Endometriy giperplaziyasi) bachadon shilliq pardasining o‘sib, qalinlashib borishi bilan ta’riflanadigan kasallikdir. Endometriyning bezli giperplaziyasi deb ham ataladigan bu kasallik shilliq pardadagi bezlarning haddan tashqari o‘sib, kattalashib ketishi bilan namoyon bo‘ladi.
Sabablari
Endometriy giperplaziyasining asosiy sababi qonda estrogen miqdorining ko‘payishi hisoblanadi. Ushbu o‘sishga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:
tarkibida estrogenlar bo‘lgan dori-darmonlar bilan davolash;
menopauza davri;
tuxumdonlar polikistozi;
semizlik;
abortlar va bachadonda boshqa manipulyatsiyalar;
irsiyat
Endometriyal giperplaziyaning belgilari
Endometriy giperplaziyasining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
Krovotechenie iz matki
Krovyanistie videleniya
Obilnie menstruasii
Menopauza davridagi ayollarda qindan har qanday qonli ajralmalar og‘ishlar hisoblanadi va giperplaziya yoki onkologik kasalliklarni ko‘rsatishi mumkin.
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldening olish osonroq
Endometriy giperplaziyasini tashxislash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Endometriyal giperplaziyani davolash
Endometriy giperplaziyasini davolash rejasini ginekolog ayolning yoshi, sog‘lig‘ining umumiy holati, farzand ko‘rish istagi va gistologik tekshiruv natijalarini hisobga olgan holda ishlab chiqadi.
Endometriy giperplaziyasini davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
progesteron bilan medikamentoz davolash, bu aksariyat ayollarda 3-6 oy ichida giperplaziyaning butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Bunday davolanish haqidagi fikrlar ijobiy;
bachadonni olib tashlashni o‘z ichiga olgan jarrohlik aralashuvi.
Xavf
Endometriy giperplaziyasi quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
atipik shaklining endometriy rakiga o‘tishi;
tez-tez retsidivlar;
reproduktiv yoshdagi bepushtlik;
surunkali anemiya
Oldini olish
Endometriy giperplaziyasining oldini olish uchun profilaktik chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
giperplaziya va bachadon saratoni xavfini kamaytiradigan progesteron va estrogenlarni o‘z ichiga olgan kombinatsiyalangan oral kontratseptivlarni qabul qilish;
ginekologga muntazam tashriflar (yiliga kamida 2 marta);
muntazam jismoniy mashqlar;
ginekologik kasalliklar va qandli diabetni o‘z vaqtida davolash va tashxis qo‘yish.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.