Temir yo‘l markaziy poliklinikasi mamlakatimizdagi yetakchi diagnostika va davolash tibbiyot markazlaridan biridir. U bundan bir asrdan ko‘proq vaqt oldin poytaxtimizda shakllanib, mamlakatimizda temir yo‘l tibbiyot xizmati rivojiga asos bo‘ldi. O‘shandan buyon “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xodimlariga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish bilan birga, aholiga pullik xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Klinikadagi yangi jihozlar, zamonaviy texnologiyalar turli kasalliklarni erta tashxislash va samarali davolash imkonini yaratdi. Temir yo‘l markaziy poliklinikasi shifokorlari Poliklinikada 32ta tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar ishlaydi. Shifokorlar o‘z sohasi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, tez-tez Toshkent shahrida va xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib boradilar. Klinikada tajribali terapevtlar, kardiologlar, jarrohlar, otorinolaringologlar, nevropatologlar, oftalmologlar, gastroenterologlar va ginekologlar malakali tibbiy yordam ko‘rsatadi. Bemorlarni qabul qilish soat 07.00dan 19.00gacha amalga oshiriladi. Temir yo‘l markaziy poliklinikasi xizmatlari Poliklinikada 6ta diagnostika va 10ta davolash bo'limi faoliyat olib boradi. Ultratovush, EKG, EEG, Exo EG, spirometriya, rentgenografiya, endoskopiya kabi instrumental diagnostika turlari, shuningdek, laboratoriya tekshiruvlarining barcha turlari mavjud. Odamning virusli kasalliklarini aniqlash uchun noyob laboratoriya jihozlangan. Shuningdek, uyingizga ko'rikdan o'tish, tahlil uchun biomaterial topshirish, EKG yoki ultratovush tekshiruvi uchun mutaxassislarni chaqirishingiz mumkin. O'z va yaqinlaringiz salomatligini sifatli tibbiy xizmat ko'rsatuvchi tibbiyot muassasasiga ishonib topshiring!
yanaMexrjon ko`chasi, 49
Farg‘ona Yo`li ko`chasi, 505, of. 73
25 iyun 2025
Все прошло хорошо. Внимательный персонал. 👍
Халил
24 iyun 2025
Хорошая специалист.очень рекомендую
Халил
24 iyun 2025
Отличный эндокринолог советую
Надира
24 iyun 2025
Самый лучший лор врач в Ташкенте
Umid
24 iyun 2025
Qollari dard kormasin juda zor xirurglar ayniqsa jamoasiga gap bolishi mumkun emas🔥🔥🔥, ishlariga omad.
Bemorlarga
Ma’lumotnoma
saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.
© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI