Ilovada qulayroq
O‘zbekistonidagi Birinchi Xususiy Mammologik Markaz haqida Sizning sog‘lig‘ingiz va farovonlig‘ingiz – bizning asosiy e’tiborimizda! Women’s Life Clinic’ga xush kelibsiz — bu O‘zbekistondagi birinchi xususiy mammologik markaz bo‘lib, ayollarning hayotning har bir bosqichidagi sog‘ligi va farovonligini asrash uchun tashkil etilgan. Biz ayol organizmining ehtiyojlariga mos keng qamrovli tibbiy xizmatlarni taklif etamiz, jumladan: mammologiya, ginekologiya, endokrinologiya va estetik tibbiyot yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Bizning tajribali shifokorlar jamoasi zamonaviy diagnostika va davolash usullaridan foydalanadi, har bir bemorga individual yondashuv va qulaylikni ta’minlaydi. Women’s Life Clinic’da siz nafaqat professional tibbiy yordamni, balki ishonchingizni va sog‘lom holatingizni qo‘llab-quvvatlaydigan g‘amxo‘r munosabatni ham topasiz. Bizning afzalliklarimiz Professionallarga ishonch Women’s Life Clinic’ni tanlab, siz sog‘lig‘ingizni har bir bosqichda g‘amxo‘rlik bilan kuzatadigan mutaxassislarga ishonasiz. Qabulga yozilishdan tortib, maslahat va keyingi kuzatuvgacha — sizga har qadamda malakali yordam ko‘rsatiladi. Yuqori malakali mutaxassislar Bizning shifokorlar va hamshiralarimiz ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, bilim va ko‘nikmalarini doimo takomillashtirib boradilar. Bu esa sizga eng zamonaviy diagnostika va davolash usullarini taqdim etish imkonini beradi. Kompleks tibbiy xizmatlar Biz bir joyning o‘zida quyidagi xizmatlarni taklif etamiz: ginekologiya, mammologiya, endokrinologiya, UZI va laboratoriya tahlillari. Zamonaviy uskuna Markazimiz eng so‘nggi tibbiy jihozlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu tahlillar aniqligini va davolash samaradorligini ta’minlaydi. Individual yondashuv Har bir bemorning ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratamiz. Har bir ayol uchun shaxsiylashtirilgan profilaktika va davolash dasturlarini ishlab chiqamiz.
yana
5.0
Farobiy ko`chasi, 383
Diagnostika va davolash xizmatlarining to‘liq to‘plamiga ega bo‘lgan Akfa Medline ko‘p tarmoqli tibbiy markazi yordamida siz tez va oson sifatli tibbiy yordam olishingiz mumkin. Yuqori malakali xodimlar va eng sifatli uskunalarga ega klinika sog'ligingiz uchun zarur bo'lgan hamma narsani bir joyda taqdim etadi. Unda barcha tor mutaxassisliklar bo'yicha shifokorlar xizmatidan foydalanish mumkin bo'lgan poliklinika, operatsion blok, shinam palatalardan iborat 12 qavatli shifoxona, eng yangi ish qurollari bilan jihozlangan laboratoriya, spa va restoran mavjud. Akfa Medline ko'p tarmoqli klinikasi shifokorlari Klinikada sizga ko'p yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar xizmat ko'rsatadi. Bu yerda neyroxirurgiya, angioxirurgiya, kardiojarrohlik va ortopediya yo‘nalishlarida murakkab operatsiyalar amalga oshiriladi. Shifokorlar jamoasi har bir bemorga individual yordam ko'rsatish va davolashni ta'minlashga intiladi. Akfa Medline klinikasida keng qamrovli diagnostika va malakali davolashdan tortib jarrohlik operatsiyalarigacha bo'lgan barcha jarayonlar davomida ishonchli qo'llarda bo'lasiz. Akfa Medline klinikasi xizmatlari Klinika o'z bemorlariga barcha turdagi tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. U Yevropa sifatdagi yangi uskunalar bilan jihozlangan: nemis brendining SIEMENS radiologik tadqiqot apparati, ROCHE HITACHI kompaniyasining immunologiya va biokimyo bo‘yicha tadqiqot apparati va boshqalar. Klinikaning har bir xonasida kombayn-stansiyalar o‘rnatilgan. Statsionar bo'limda esa 4ta intensiv terapiya xonasi va 9ta qavatda alohida hammom, internet va televizor bilan jihozlangan palatalar bor. Klinikada fitnes zali va saunaga ega spa ham faoliyat olib boradi. Fizioterapiya, balneologiya, akupunktur, gidroterapiya va boshqa xizmatlar mavjud.
yanaKichik Xalka Yo`li, 5A

Ushbu bo'limda hali bir nechta takliflar mavjud, ammo siz shunga o'xshash xizmatlarni taklif qiladigan klinikalar ro'yxatini ko'rishingiz mumkin.
Анастасия Кащаева
21 noy 2025
У мамы диабет. Доктор хорошо лечила сыпь на ногах
Шахноза
21 noy 2025
Ассалому алейкум. Хотамова Гузалхонга катта рахмат ,доимо 24/7 ердам керак булса хамиша тайер буладила. Анализ жавоблари тез чикади ва шунга кура керакли дорилани ёзиб берадила. Тузалиб кетгунча доимо хабар олиб турадила. Хотамова Гузалхонни хамма аёлларимизга тавсия киламан.
Худоёрхон
21 noy 2025
Врач отличный, профессионально относится к работе. Порекомендую.
Диёрбек
21 noy 2025
зур доктор
Abdurasulova Muslima
21 noy 2025
Juda yaxshi
Bemorlarga
Ma’lumotnoma

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.
© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI