App icon

Med24 rasmiy kanali

O'tish

Nevropatologlar Toshkent viloyatida

shifokorlar

Nevropatologlar Toshkent viloyatida: 8 shifokor, 0 sharhlar, konsultatsiya narxi 80 000 so'mdan 320 000 so'mgacha, o'rtacha 161 428 so'mga onlayn yoki telefon orqali yozilishingiz mumkin

Mutaxassisliklar bo‘yicha
Tibbiy muassasa turi
Shifokorning jinsi

Kerakli ma'lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

So'nggi sharhlar

ancha vrachlardan ko'nglim to'lmasdi, bu vrach esa vaqtini ayamasdan farzandlarimni batafsil tekshirdi va sodda qilib tushuntirib berdi. Eng qizig'i, narxi ham boshqa klinikalarga nisbatan arzon

Sarvar, 13 июля 2026 г.

Хамма отзыв колдирган мижозларимга рахмат, мен хозир ММС да ишламаяпман, Файз мекикал клиникасидаман

Вазира Анваровна, 10 июля 2026 г.

Dilfuza Bahadirovnaga chin qalbimdan o’z minnatdorchiligimni bildiraman! Qizimni logopedik mashg’ulotlarga olib borgan edik va natijasi kutganimizdan ham a’lo bo’ldi. Har bir darsga mehr bilan, bolaga mos yondashuvi va cheksiz sabri bilan ishlaydi. Qizim mashg’ulotlarga doimo xursand bo’lib qatnadi va nutqidagi ijobiy o’zgarishlar juda tez sezildi. Bugungi natijamizdan juda mamnunmiz. O’z ishini sidqidildan bajaradigan, mas’uliyatli va bilimli mutaxassis ekanligi har bir mashg’ulotda yaqqol bilinadi. Dilfuza Bahadirovnaga mehnati, mehribonligi va fidoyiligi uchun katta rahmat! Yaxshi logoped izlayotgan barcha ota-onalarga ishonch bilan tavsiya qilaman.

Mubina Yusupova, 9 июля 2026 г.

Zur duhtir! Bilimli va hushmuomilalali Tavsiya qilaman.

Fine, 9 июля 2026 г.

Хочу выразить огромную благодарность Нодире Мираталиевне! Это настоящий профессионал и, без преувеличения, одна из лучших в своем деле. Она не просто лечит симптомы, а стремится найти истинную причину проблемы. Всегда подробно и доступно объясняет результаты обследований, отвечает на все вопросы и помогает разобраться даже в самых сложных ситуациях. Особенно ценно, что при необходимости Нодира Мираталиевна рекомендует консультации специалистов из-за рубежа, чтобы пациент получил максимально качественную помощь. Она сопровождает своих пациентов, не оставляет их на полпути и доводит начатое лечение до конца. Спасибо Вам за высокий профессионализм, внимательность, ответственность и искреннее желание помочь. Таких врачей действительно очень мало!

Замира Сиябекова, 9 июля 2026 г.

Nevropatolog (nevrolog)

Insonning markaziy va periferik asab tizimini davolovchi, u bilan bog'liq kasalliklarga tashxis qo'yadigan shifokor.

Nevropatologlar qanday kasalliklarni davolashadi?

Nervlar nevrologning ixtisosligi hisoblanadi. Ko'pincha, bel va bo'yin og'rig'i tufayli nevrologga murojaat qilinadi, bu umurtqa pog'onasi kasalliklarining alomatidir. Nevrolog, shuningdek, bosh og'rig'i, uyqusizlik, talvasa, xotira muammolari bilan shug'ullanadi. Nevrologning asosiy vazifasi, har qanday shifokor kabi, og'riq va boshqa alomatlarning asosiy sababini topish, keyin esa davolanishni buyurishdir. Nevrolog davolaydigan kasalliklar:
  • Tremor
  • Tik kasali
  • Churra
  • Osteoxondroz
  • Bosh suyagi va umurtqa suyaklarining shikastlanishi
  • Altsgeymer va Parkinson kasalliklari
  • Skleroz
  • Insult
  • Falajlik
  • Nevralgiya
  • Parez
  • Nevrit
  • Pleksit
  • Autizm
  • Epilepsiya
  • Anoreksiya
  • Bulimiya
  • Miya o’simtasi
  • Orqa miya o'simtalari
  • Psixoz
  • Vahima hujumlari
  • Meningit
  • Ensefalit

Qanday alomatlar mutaxassis qabuliga borishni talab qiladi?

Turli alomatlarning namoyon bo'lishi kasallikning mavjudligidan darak beradi, shuning uchun og'riq, talvasa, uyquchanlik va boshqa alomatlar paydo bo'lsa, darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Aslo uyda dori-darmonlarni o'zingiz tanlab davolanmang, bu tuzatib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. O'zingizning va oilangizning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymang. Quyidagi alomatlar nevropatologga borishga sabab bo’la oladi:
  • Oyoq-qo'llarda og'riq
  • Uyqusizlik
  • Quloqlarda shovqin
  • Zaiflik
  • Tushkun kayfiyat
  • Talvasa
  • Xushdan ketish
  • Vahima
  • Bezovtalik
  • Bosh og'rig'i
  • Nutqning buzilishi
  • Uyqusizlik
  • Tremor
  • Asabiylik
  • Hid gallyutsinatsiyalari
  • Bo'yindagi og'riq
  • Ko‘krak qafasidagi og‘riq
  • Dumbadagi og'riqlar
  • Ishtahaning yo'qolishi
  • Kuchli ishtaha

Nevrolog qabuliga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?

Nevrolog tomonidan tekshiruvga tayyorgarlik talab etilmaydi. Kasallik tarixini aytib berish va alomatlar va ular qanday o'tganligini batafsil tasvirlab berish kifoya. Qanday dori-darmonlarni qabul qildingiz, alomatlar o'z-o'zidan o'tib ketdimi yoki jismoniy faoliyatni talab qildimi, aytib berishingiz kerak. Ma'lumotlarni aniq yetkazish uchun barcha shikoyatlaringizni yozib qo'ysangiz ham bo’ladi, chunki davolanishning samaradorligi bunga bog'liq.

Toshkentda yaxshi mutaxassisni qayerdan topish mumkin?

Boshqa bemorlarning sharhlarini o’qib chiqib shifokorlar katalogida yaxshi mutaxassisni tanlashingiz mumkin. Shuningdek, Toshkent shahridagi har bir nevrologik markaz reytingidan kelib chiqib, eng yaxshi klinikani tanlay olasiz.
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI