Hududni tanlang
group

ZESTKAL suspensiya

Coral Laboratories Ltd (Hindiston)
Faol moddalar:
kalsiy, fosfor, xolekalsiferol (vitamin D3)
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
Narx: 70 000 so'mdan

ZESTKAL suspensiyaning dorixonalardagi narxlar

product
ZESTKAL suspenziya so vkusom klubniki 200ml
Coral Laboratories Ltd
70 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma ZESTKAL suspensiya

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Keksa yoshli odamlarda kalьtsiy, fosfor, D vitaminining tanqisligini to'g'rilash.
Zestkal suspenziyasini patsiyentlardagi osteoporozni spetsifik davolashga qo'shimcha sifatida yoki D vitamini va kalьtsiyni majmuaviy tanqisligida yoki bunday davolovchi qo'shimchalarga muxtoj yuqori xavfi bo'lgan patsiyentlar qabul qilishlari mumkin.
Suspenziya ayollarda postmenopauzada, osteoporozni davolashda va sinishlardan keyin ishlatiladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Giperkalьtsiyemiya (>10,5 mg/dl), giperkalьtsiuriya (24 soatda 300 mg yoki 7,5 mmolь), og'ir buyrak yetishmovchiligi, buyrak toshi, kalьtsiyli litiaz, to'qimalarning kalьtsifikatsiyasi, giperkalьtsiuriya va/yoki giperkalьtsiyemiya bilan birga kechuvchi davomli immobilizatsiya.
Zestkal suspenziyasini D gipervitaminozi holida bolalarda, homilador va emizikli ayollarda qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Zestkal peroral suspenziya bo'lib, unda kalьtsiy fosfati kolekalьtseferol (D3 vitamini) bilan assotsiatsiyalangan.
Kalьtsiy va D vitamini “suyaklarni tiklanish” jarayoniga fundamental ta'sirga ega va bu kalьtsiyning salbiy balansi va aylanib yuruvchi D vitaminining past darajasi va qon zardobida paratgormonning yuqori darajalari bilan xarakterlanuvchi keksa bemorlarda qo'llash uchun sabab hisoblanadi. Bu ikkilamchi giperparatireoz Zestkal suspenziyasining faol ingrediyentlari trikalьtsiyfosfat va D3 vitaminining majmuaviy samarasi bilan samarali to'g'rilanadi.
D3 vitamini ichakning shilliq qavatida kalьtsiyni so'rilishini kafolatlab, kalьtsiy va fosfor metabolizmini boshqaradi.

Farmakologik ta'sir

So'rilishi
Kalьtsiyning taxminan 30% dozasi ingichka ichakning proksimal qismida so'riladi. Og'iz orqali qabul qilinganidan keyin D vitamini ham ichakda tez so'riladi. O't kislotalarini so'rilishini yengillashtirishdagi roli yaxshi ma'lum.
Taqsimlanishi
Plazmada kalьtsiyning taxminan 40% proteinlar bilan bog'langan, ayniqsa alьbuminning taxminan 1/10 diffuziyalanaoladigan hisoblanadi, lekin anionlar (fosfatlar) bilan bog'langan; qolgan fraktsiyasi diffuziya qilaoladigan kalьtsiy ionlari bo'lib, ular fiziologik samaraga ega.
D vitaminini yarim parchalanishi 19 soatdan 25 soatgachani tashkil qiladi, maxsus oqsil - alьfa-globulin bilan bog'langan va plazmada aylanib yuradi, va u uzoq vaqt davomida organizmda to'planadi.
Metabolizmi
D vitamini jigarda 25-gidroksilaza (kalьtsidiol) hosilasiga aylanadi, u qayta aylanmaga joylashadi, u yerda solishtirma alьfa-globulin bilan bog'lanadi va buyraklarda keyingi 1-25 gidroksi hosila (kalьtsitriol) ga gidroksillanishga duchor bo'ladi.
Chiqarilishi
D vitamini asosan safro bilan chiqariladi. Yuborilgan dozaning faqat katta bo'lmagan qismi siydikda aniqlanadi.
Kalьtsiy me'da-ichak yo'llarida so'lak, safro va pankreatik sekretsiya orqali chiqariladi. Bu manbalardagi kalьtsiy, so'rilmagan kalьtsiy bilan bir qatorda, ahlat bilan chiqariladi. Buyrak tizimi bilan chiqariladigan kalьtsiyning taxminan 2-3 qismi so'riladigan kalьtsiy hisoblanadi.
Paratgormon burama distal naychalarda kalьtsiyning qayta so'rilishini rag'batlantiradi, shu vaqtning o'zida D vitamini proksimal qayta so'rilishni oshiradi. Kalьtsiyning bir qismi ter bilan ham chiqariladi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ZESTKAL suspensiya boshqa turlari

ZESTKAL suspensiya rasmlari

product

ZESTKAL suspenziya so vkusom klubniki 200ml

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

ZESTKAL suspensiya dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

ZESTKAL suspensiya dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

ZESTKAL suspensiya dori vositasi Coral Laboratories Ltd (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi

O'zbekistonda dorixonalarda ZESTKAL suspensiya dori vositasi qancha turadi?

ZESTKAL suspensiya dori vositasining boshlang'ich narxi - 70 000 so'mdan.

ZESTKAL suspensiya dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

ZESTKAL suspensiya dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

ZESTKAL suspensiya haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

ZESTKAL suspensiya analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI