faol modda: 4,2 g arginin gidroxloridi (100 ml da 20 mmol arginin va 20 mmol xloridlar saqlanadi);
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv.
Solamin antigipoksik, membranalarni barqarorlashtiruvchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal ta'sir ko'rsatadi, dezintoksikasion faollik nomoyon qiladi, o'zini oraliq almashinuv va energiya bilan ta'minlash jarayonlarining faol boshqaruvchisi sifatida nomoyon qiladi, organizmda gormonal muvozanatni tutib turilishida ma'lum rol o'ynaydi. Arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormoni va prolaktinning miqdorini oshirishi ma'lum, prolin, poliamin, agmatinning sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranalarni depolyarizasiyalovchi ta'sir ko'rsatadi.
Arginin jigarda mochevina sintezi tsiklida asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoamoniemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Antioksidant, antigipoksik va membranalarni barqarorlashtiruvchi faolligi tufayli, gepatoprotektor ta'sir ko'rsatadi, gepatositlarda energiya bilan ta'minlanish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
L-arginin endoteliositlarda azot oksidining sintezini katalizlovchi ferment – NO-sintetaza uchun substrat hisoblanadi. Preparat gualinatsiklazani faollashtiradi va tomirlarning endoteliysida tsiklik guanidinmonofosfatning (sGMF) darajasini oshiradi, VCAM-1 va MCP-1 adgeziya proteinlarning sintezini susaytiradi, shunday qilib, aterosklerotik blyashkalar xosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon-tomirlar devorining kuchli vazokonstriktori va silliq miositlarning proliferasiyasi va migrasiyasining stimulyatori hisoblangan endotelin-1 sintezini susaytiradi. L-arginin shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – asimmetrik dimetilargininning sintezini susaytiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezning faoliyatini rag'batlantiradi, jismoniy mashklar vaqtida qondagi glyukozaning miqdorini boshqaradi. Kislota xosil qiluvchi ta'sir nomoyon qiladi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi. L-arginin yaqqol kislota xosil qiluvchi ta'sir ko'rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'irlanishiga yordam beradi.