Hududni tanlang
group

ЛАКСФЕН eritma

TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO (O'zbekiston)
Faol moddalar:
Pentoksifillin
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing

LAKSFEN eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05%
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
product
LAKSFEN infuziya uchun eritma 200ml 0,05%
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO

Yo'riqnoma LAKSFEN eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Aterosklerotik ensefalopatiya; ishemik serebral insult; dissirkulyator ensefalopatiya, ateroskleroz, qandli diabet (jumladan diabetik angiopatiya), yallig‘lanish; venalarni shikastlanishi, mikrotsirkulyatsiyani buzilishi yoki periferik qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarda trofik o‘zgarishlar (posttromboflebit sindromi, trofik yaralar, gangrena, sovuq urishi) obliteratsiyalovchi endoarterit; angioneyropatiyalar (Reyno kasalligi), ko‘zda qon aylanishini buzilishi (ko‘zning to‘r pardasida va tomirli pardasida qon aylanishini o‘tkir, surunkali yetishmovchiligi), eshitishni pasayishi bilan kechuvchi ichki quloqning qon tomiridagi o‘zgarishlar oqibatida faoliyatini buzilishi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

· Pentoksifillinga va preparatning boshqa komponentlariga yoki metilksantin hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

· Massiv qon ketish bo‘lgan bemorlarga (qon ketish xavfini oshiradi);

· Ko‘zning to‘r pardasiga, ko‘p qon quyilishi, miyaga qon quyilishi (qon ketishini kuchayishi xavfi). Agar pentoksifillin bilan davolash vaqtida ko‘z to‘r pardasiga qon quyilsa, dori vositasini qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatish zarur; 

· Miokard infarkti o‘tkir davri; 

· Me’da yarasi va/yoki ichak yaralari;

· Gemorragik diatezli patsiyentlar;

· Homiladorlik va laktatsiya davri. 

· 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

• faol modda: 0,05 g pentoksifillin;

Yordamchi moddalar: 

• natriy xloridi 0.9% li 100 ml. gacha

Farmakodinamikasi

Laksfen® eritrotsitlarning deformatsiyasini oshiradi, trombotsitlar va eritrotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, qonda fibrinogen konsentratsiyasini kamaytiradi, leykotsitlar faolligini pasaytirish orqali leykotsitlarni qon tomirlariga yopishishini kamaytiradi va qonning reologik xususiyatlarini (suyuqligini) yaxshilaydi.

Laksfen® ning faol moddasi, pentoksifilin, ksantin hosilasidir. Uning ta’sir qilish mexanizmi fosfodiesterazani bloklash va qon tomir silliq mushak hujayralarida va qon hujayralarida s-AMF to‘planishi bilan bog‘liq.

Kuchsiz miotrop vazodilatator ta’sirga ega bo‘lgan pentoksifillin umumiy qon tomirlar qarshiligini biroz pasaytiradi va koronar tomirlarni biroz kengaytiradi.

Pentoksifilin yurakka zaif ijobiy inotrop ta’sir ko‘rsatadi.

Qon aylanishi buzilgan joylarda mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi.

Farmakologik ta'sir

Pentoksifillin metilksantinning hosilasi hisoblanadi. Pentoksifillinning ta’sir mexanizmi fosfodiesterazani susayishi va qon tomirlarning silliq mushak hujayralarida, shuningdek boshqa to‘qima va a’zolarda s-AMF ni to‘planishi bilan bog‘liq. Pentoksifillin trombotsitlar va eritrotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi, ularning egiluvchanligini oshiradi, qon plazmasida oshgan fibrinogen konsentratsiyasini kamaytiradi va fibrinolizni kuchaytiradi, bu qonning qovushqoqligini kamaytiradi va uning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Bundan tashqari, pentoksifillin miotrop tomirlarni kuchsiz kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, umumiy periferik tomirlar qarshiligini biroz kamaytiradi va ijobiy inotrop samara ko‘rsatadi. Pentoksifillinni qo‘llash oqibatida asosan qo‘l va oyoqlarda, markaziy nerv tizimida, kamroq – buyraklarda mikrotsirkulyatsiyani va to‘qimalarni, kislorod bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Pereparat koronar tomirlarni biroz kengaytiradi.

 

Nojo'ya ta'sirlar

Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas.

Bolalarda qo'llash

Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlik

Homilador ayollarda qo‘llash tajribasi yetarli emas. Shuning uchun homiladorlik davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Emizish davrida

Pentoksifillin ko‘krak sutiga kam miqdorda o‘tadi. Preparat bilan davolanish tavsiya etilsa, emizishni to‘xtatish zarur.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ЛАКСФЕН eritma rasmlari

product

LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05%

product

LAKSFEN infuziya uchun eritma 200ml 0,05%

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

LAKSFEN eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

LAKSFEN eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

LAKSFEN eritma dori vositasi TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Yurak-qon tomir

LAKSFEN eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

LAKSFEN eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

LAKSFEN eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

ЛАКСФЕН eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.