Hududni tanlang
group

KLARITRO tabletkalar

Nabiqasim Industries Ltd (Pokiston) va boshqalar
Faol moddalar:
Klaritromisin
Narx: 48 000 so'mdan

KLARITRO tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
KLARITRO tabletkalari 500mg N10
Nabiqasim Industries Ltd
48 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
KLARITRO tabletkalari 250mg N10
Nabiqasim Industries (PVT) Ltd

Yo'riqnoma KLARITRO tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarda: yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari (tonzillit, faringit, o'tkir sinusit); quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxit); odontogen infektsiyalar; o'rta quloq otiti; teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari; siydik-jinsiy tizimining infektsiyalari; difteriya; ko'k yo'tal; oddiy xusnbuzar; o'tkirgastroenterokolit va Campylobacter jejuni chaqiragan tizimli infektsiyalar; me'da va o'nikki barmoq ichak yarasi va surunkali gastrit (Helicobacter pylori bilan qo'shilgan) boshqa preparatlar bilan majmuada; Layma kasalligi; VICh/SPID bemorlaridagi opportunistik infektsiyalar; Klaritroga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalar, revmatizmni oldini olishda qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Klaritro preparatini makrolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Klaritro – makrolid guruhi antibiotigi bo'lib, eritromitsinni yarimsintetik hosilasidir. Eritromitsindan farqli ravishda katta biokiraolishlikka, kislotali muhitda chidamlilikka ega, to'qimalarda yaxshiroq kontsentratsiyalanadi, mikroblarga qarshi kengroq ta'siriga va yarim chiqarilish davrini davomiyliroqligiga ega. Klaritro eritromitsin kabi mikrob xujayrasi ribosomalarining 50S subbirligi bilan o'zaro ta'sir qilib mikrob xujayrasida oqsil sintezini susaytiradi. Preparat aerob va anaerob grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning keng doirasiga nisbatan yuqori faollikni namoyon qiladi. Klaritro quyidagi mikroorganizmlarning ko'pchilik shtammlariga qarshi faol:
grammusbat aeroblar – Staphylococcus aureus, Streptococcus agalactiae (pyogenes, viridans, pneumoniae), Listeria monocytogenes, Corynebacterium spp.;
grammanfiy aeroblar - Haemophilus influenzae (parainfluenzae), Neisseria gonorrhoeae, Helicobacter pylori, Campylobacter jejuni, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis;
mikobakteriyalar - Mycobacterium leprae, M. chelonae, M. fortuitum, M. cansasii, tarkibiga M. avium va M. Intracellulare kiruvchi Mycobacterium avium majmuasi;
boshqa mikroorganizmlar - Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumonhae, Chlamydia trachomatis, Ureaplasma urealyticum, Toxoplasma gondii, Borrelia burgdorferi, Gardnerella vaginalis.

Farmakologik ta'sir

Preparat og'iz orqali qabul qilinganidan keyin tez so'riladi, 2-3 soat davomida qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga yetadi. Biokiraolishligi 55% ni tashkil etadi. So'rilganidan keyin preparat organizmning biologik suyuqliklari va to'qimalariga yaxshi kiradi, u yerda qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga qaraganda 10 marta yuqori kontsentratsiyaga yetadi. Gematoektsefalitik to'siq orqali o'tmaydi. Oqsillar bilan preparatning 65-75% bog'lanadi. Jigarda metabolizmga uchrab, asosiy metaboliti 14-gidroksiklaritromitsin hosil bo'ladi, u shunday yoki 1-2 marta kamroq mikroblarga qarshi faollikka ega.
Biroq nafas yo'llari va quloq, burun, tomoq a'zolarining infektsiyalarining asosiy qo'zg'atuvchilaridan biri - Haemophilus influenzae ga nisbatan 14-gidroksiklaritromitsin Klaritromitsinga qaraganda bir necha marta faolroqdir.
Yarim chiqarilish davri (T1/2): 250 mg qabul qilinganida – 3-4 soat, 500 mg – 5-7 soat (o'zgarmagan modda uchun 5,3 soat, faol metaboliti uchun 7,7 soat).
Organizmdan o'zgarmagan holda ham, faol metabolitlari holida ham deyarli teng qismlarda siydik va ahlat bilan chiqariladi. Jigar yetishmovchiligi yoki buyraklarning og'irligi o'rtacha darajadagi kasalliklari bo'lgan bemorlarda preparatning yarim chiqarilish davri oshadi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

KLARITRO tabletkalar boshqa turlari

KLARITRO tabletkalar rasmlari

product

KLARITRO tabletkalari 500mg N10

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

KLARITRO tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

KLARITRO tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

KLARITRO tabletkalar dori vositasi Nabiqasim Industries Ltd (Pokiston) Nabiqasim Industries (PVT) Ltd (Pokiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Antibiotiklar

O'zbekistonda dorixonalarda KLARITRO tabletkalar dori vositasi qancha turadi?

KLARITRO tabletkalar dori vositasining boshlang'ich narxi - 48 000 so'mdan.

KLARITRO tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

KLARITRO tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

KLARITRO tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

KLARITRO tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.