Hududni tanlang
group

ИНТОКСОЛ eritma

Samarkand-England Eco-Medical (O'zbekiston)

Yo'riqnoma INTOKSOL eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

kapillyar qon oqimini yaxshilashda, travmatik, jarrohlik, gemolitik, toksik va kuyish shoklarida, o'tkir qon yo'qotishda, kuyish kasalligini oldini olish va davolash maqsadida;
  • intoksikasiya bilan kechadigan yuqumli kasalliklar va surunkali gepatitning kuchayishida;

  • sepsisda;

  • operasiyadan oldingi tayyorgarlik va operasiyadan keyingi davrda;

  • tromboz, tromboflebit, endarteriitning oldini olish maqsadida arterial va venoz qon aylanishini yaxshilashda;

  • Reyno kasalligida.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. preparat alkalozda, shuningdek suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo'lmagan hollarda (bosh miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensasiyasi, III darajali arterial gipertenziya, yurakni dekompensasiyalangan nuqsonlari, terminal buyrak etishmovchiligi), suvsizlanish, oliguriyada qo'llash mumkin emas.

Bolalarga qo'llash tavsiya etilmaydi!

Tarkibi

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: sorbitol – 60,0 mg, natriy laktati – 19,0 mg (100% moddaga qayta hisoblaganda), natriy xloridi – 6,0 mg, kaltsiy xlorid digidrati – 0,1 mg (kaltsiy xloridiga qayta hisoblaganda), kaliy xloridi – 0,3 mg, magniy xlorid geksagidrati – 0,2 mg (magniy xloridiga qayta hisoblaganda);

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

nazariy osmolyarligi – 891 mosmol/l;

ion tarkibi: 1 l preparat na 3H5O3- – 169,55 mmol saqlaydi.

Farmakodinamikasi

Preparat reologik, shokka qarshi, dezintoksikasiyalovchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag'batlantiruvchi ta'sirlarga ega. Asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktatidir. Jigarda sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyin u glyukozaga va so'ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi glikogen ko'rinishida zahira sifatida to'planadi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregasion ta'sirga ega va shunday qilib, to'qimalarning mikrosirkulyasiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.

Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktat yordamida metobolik asidozni to'g'irlanishi, uning moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq, rn ning keskin siljishlarisiz o'tadi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 daqiqa o'tgach namoyon bo'ladi.

Natriy xloridi regidratasiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to'ldiradi.

Kaltsiy xloridi kaltsiy ionlari tanqisligini to'ldiradi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarini o'tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning faoliyati, suyak to'qimasini shakllanishi va qon ivishi uchun zarur. Hujayralar va qon tomir devori o'tkazuvchanligini kamaytiradi, YalliG'lanish reaktsiyalarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi.

Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono - va batmotrop ta'sir ko'rsatadi, yuqori dozalarda esa – manfiy ino-, dromotrop va o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Nerv impulslarini o'tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Atsetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo'limini qo'zg'alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi

Farmakologik ta'sir

Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o'zlashtiriladi va glikogen ko'rinishida to'planadi, 5% miya to'qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida to'planadi, 6-12% siydik bilan chiqariladi.

Qon tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, so2 va N2O ajralib chiqadi, ular natriy bikarbonatini hosil qiladi, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.

Natriy xloridi aylanayotgan qon hajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomirlaridan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ИНТОКСОЛ eritma boshqa turlari

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

INTOKSOL eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

INTOKSOL eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

INTOKSOL eritma dori vositasi Samarkand-England Eco-Medical (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

INTOKSOL eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

INTOKSOL eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

INTOKSOL eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI