Ilovada qulayroq
Bizning klinikamiz — bu zamonaviy tibbiyot markazi bo‘lib, unda sog‘liqni saqlashga bo‘lgan e’tibor, yuqori malakali shifokorlar va individual yondashuv uyg‘unlashgan. Klinikamizda tajribali mutaxassislar faoliyat yuritadi, zamonaviy diagnostika usullari, ishonchli davolash protokollari va qulay sharoitlar yaratilgan. Har bir bemorga alohida e’tibor qaratilib, tashxis qo‘yish va davolash jarayoni xavfsiz hamda samarali tarzda olib boriladi. Bizning maqsadimiz — faqat kasallikni davolash emas, balki sog‘lig‘ingizni mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilashdir. Bizning klinikamiz — sog‘lom hayot sari ishonchli qadam.
yanaYo‘ldosh massivi, 7-kvartal, 24-uy
Mo'ljal: Quyoshli shahar suv parki
Dialab Medical Service O‘zbekistondagi eng yirik tibbiyot markazlaridan biri bo‘lib, o‘z faoliyatini 2011-yilda boshlagan. Avvaliga u faqat shahar shifoxonalari uchun laboratoriya tadqiqotlarini o'tkazdi. 2015-yildan esa aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Bugungi kunga kelib, xususiy klinika barcha turdagi diagnostika tadqiqotlari bo'yicha yetakchi tibbiyot markazlardan biriga aylandi. Bu yerda siz to‘liq ko‘rikdan, tajribali shifokorlardan maslahati va keng qamrovli davolanishdan o'tishingiz mumkin. Dialab Medical Service shifokorlari Klinikada mutaxassislar kattalar va bolalarga xizmat ko'rsatadilar. Qabulni terapevt va yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassis, kardiolog, otorinolaringolog (LOR), nevropatolog, ginekolog, neyrofiziolog, revmatolog, flebolog kabi tor mutaxassisliklar bo'yicha shifokorlar olib boradilar. Personal ko'p yillik tajribaga ega va doimiy ravishda o'z malakalarini oshirib boruvchi puxta tanlangan mutaxassislardan iborat. Tajribali shifokorlar va hamshiralar tezroq tuzalib ketishingizga yordam beradi. Dialab Medical Service xizmatlari Ko‘p tarmoqli markazda Yevropa sifatiga ega eng yangi uskunalar bilan jihozlangan 3ta laboratoriya majmuasi mavjud. Laboratoriyada 1700 dan ortiq tadqiqot turlarini o'tkazadi. Instrumental diagnostika ham O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardagi barcha tibbiyot muassasalarida e’tirof etilgan aniq va tezkor natijalar bilan amalga oshiriladi. Dialab Medical Servicening tajribali shifokorlariga murojaat qiling, bu yerda sizning sog'ligingiz doimo birinchi o'rinda turadi!
yanaYunusobod-3, Yangishaxar ko`chasi, 1-2 binolar
Navro‘z, 21
Askiya, 26B

Tsoy Irina Valerievna
Dermatovenereolog

Valiqulov Asliddin Salohiddinovich
Dermatovenereolog
5.0 |

Tsoy Marina Robertovna
Dermatovenereolog
Sodiq Azimov ko`chasi, 64
Mo'ljal: Kafe "Efendi
Diyor Medical Center - bu Mirobod tumanida, Ming o‘rik metro bekati yaqinida joylashgan ko‘p tarmoqli xususiy klinika. U xalqaro standartlar asosida keng ko‘lamli konsultatsiya, diagnostika va davolash xizmatlarini taklif etadi. Shifokorlarning professionalligi va innovatsion diagnostika usullari sizni bezovta qilayotgan kasalliklarni tez yengishga yordam beradi. Bemorlar statsionar va ambulatoriya sharoitida davolanishlari mumkin. Klinika haftada yetti kun soat 9.00dan 17.00gacha bemorlarni qabul qiladi, MRT xonasi kechayu kunduz xizmat ko'rsatadi. Diyor Medical Center shifokorlari Diyor Medical Center tibbiyot markazida katta tajribaga ega oliy toifali mutaxassislar tomonidan professional tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bu yerda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha malakali shifokorlardan, ya'ni pediatr, dermatolog, internolog, kardiolog, nevropatolog, vertebrolog, endokrinolog, otorinolaringolog, neyrofiziolog, ginekolog, urolog, gastroenterolog, kosmetolog va fizioterapevtlardan konsultatsiya olishingiz mumkin. Diyor Medical Center xizmatlari Tibbiyot markazi asosiy tekshiruv (CHECK-UP), kengaytirilgan tekshiruv (CHECK-UP), onkologik ogohlantirish bilan batafsil tekshirish dasturi (CHECK - UP + Onko) va har qanday muayyan tana tizimini ixtisoslashtirilgan tekshiruv kabi diagnostika dasturlarini taklif qiladi. Klinik-biokimyoviy laboratoriya tahlillari, MRT, MSKT, EKG, ultratovush tekshiruvlarining barcha turlari o'tkaziladi. Spa bo'limida yoshartiruvchi va sog'lomlashtiruvchi muolajalaridan o'tishingiz mumkin. Fizioterapiya muolajalari ham olib boriladi, shuningdek har bir kishi doimiy ravishda tashrif buyurishi va mashg'ulotlarga yozilishi mumkin bo'lgan fitnes zali jihozlangan.
yanaAfrosiyob ko`chasi, 12B
Mo'ljal: "Angel's Food" kafesi "Aybek" metro bekati
Kasmed – bu Toshkentdagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi. U o'z faoliyatini 1998 yilda boshlagan va shu kungacha plastik jarrohlik, kosmetologiya, dermatologiya, flebologiya, instrumental va laboratoriya diagnostikasi va boshqa yo'nalishlarda xizmat ko'rsatib kelmoqda. Kasmed yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular aniq tashxis qo‘yish hamda samarali davolash imkonini beradi. Kasmed shifokorlari Klinikada tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati nafaqat uning zamonaviy jihozlari, balki xodimlarining yuqori malakasi bilan ham bog‘liq. Bu yerda maslahatlar kosmetolog, plastik jarroh, dermatolog, oftalmolog, LOR, ginekolog, stomatolog kabi mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Ular orasida fan doktorlari, fan nomzodlari bor. Ular ko‘pincha xorijda ta’lim olish va xalqaro simpoziumlarda qatnashish orqali o‘z malakalarini oshiradilar. Siz ular bilan onlayn yoki telefon orqali uchrashuv belgilashingiz mumkin. Kasmed xizmatlari Bu yerda yuqori texnologiyali rekonstruktiv va plastik jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi. Siz yuz massaji, mezoterapiya, liposaksiya, plazmolifting, piling, akne va aknedan keyingi davolash, lazerli epilyatsiya va boshqa muolajalarga yozilishingiz mumkin. Klinika mutaxassislari kosmetik lazer ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi Candela (AQSh) kompaniyasining innovatsion lazer uskunasidan foydalanib kosmetik nuqsonlarni bartaraf etishda yordam beradi. Ultratovush diagnostikasi va fizioterapiya muolajalari bo'yicha xizmatlar ham taqdim etiladi.
yana
Vagner Dilnoza Muhammadjonovna
Dermatolog
5.0 |

Erkinlar Zilola Elbekovna
Dermatovenereolog

Gulyamova Gulchehra Shuhratovna
Dermatovenereolog
Chilonzor-5, 1A
Mo'ljal: Restoran "Flagman
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan. U 1972 yildan buyon mamlakatimizning barcha hududlaridan bemorlarni qabul qilib, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Institut Turkiya, Singapur, Janubiy Koreya kabi xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Uning tarkibida poliklinika, diagnostika bo‘limi, jarrohlik bo'limi, statsionar, tez tibbiy yordam bo‘limi va og‘ir jarohat olgan bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi mavjud. Shifokorlar Bemorlar katta tajribaga ega oliy toifali shifokorlar, fan doktorlari va nomzodlarining ishonchli qo‘llarida bo‘ladi. Bu yerda oftalmologiya, travmatologiya, ortopediya, kardio-revmatologiya sohalari mutaxassislari kasbiy va ilmiy faoliyatni olib bormoqda. Zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda eng murakkab operatsiyalar amalga oshiriladi. Bolalar kardiojarrohligi bo‘limi tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarga yordam berishda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi. 2015-yilda esa markazda plastik jarrohlik bo‘limi ochildi, bu mamlakatimizda bolalarda plastik jarrohlikning barcha turlarini amalga oshiriladigan yagona muassasa hisoblanadi. Xizmatlar Institut eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Professional shifokor va hamshiralar kechayu kunduz bemorlarga xizmat ko'rsatadi. Keng ko'lamli diagnostika xizmatlari va 60dan ortiq turdagi laboratoriya tekshiruvlari o'tkaziladi. Ultratovush, rentgen, MRT, MSKT, KT angiografiya kabi tekshiruvdan o'tishingiz mumkin.
yana
Xodjaeva Sabri Maxmudovna
Dermatovenereolog

Bababekova Nigora Baxtiyorovna
Dermatovenereolog

Ivanova Zarina Sergeevna
Dermatovenereolog
5.0 |
Bogishamol ko`chasi, 223
Mo'ljal: Qishloq xo'jaligi instituti
Jacksoft MDS ko'p tarmoqli tibbiyot markazi o'z faoliyatini 2010 yilda boshlagan. Bugungi kunda u universal oilaviy poliklinika bo‘lib, aholiga keng ko‘lamli sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Uning asosiy vazifalari kardiologiya, otorinolaringologiya, urologiya, nevropatologiya, dermatologiya, oftalmologiya, pediatriya, onkologiya va boshqa tor mutaxassisliklarga oid kasalliklarni aniq tashxislash, shuningdek, davolash va oldini olish hisoblanadi. Yuqori darajadagi xizmat va sifatli jihozlar tufayli klinika poytaxtdagi eng yaxshi nibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. Jacksoft MDS shifokorlari Jacksoft MDS klinikasida o'z malakalarini tez-tez oshirib boruvchi yuqori tajribali mutaxassislar ishlaydi. Kattalar va bolalar uchun shifokorlar mavjud. Ular sifatli ko'rik o'tkazadi, kerakli diagnostika va individual davolash rejasini belgilaydi. Xushmuomala va samimiy xodimlar har qanday sog'liq muammolarida sizga yordam beradi. Jacksoft MDS xizmatlari Klinikada laboratoriya diagnostikasi, ultratovush, endoskopiya, magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi mavjud. Radiologiya bo‘limi Germaniyaning yetakchi Siemens kompaniyasining qurilmalari bilan jihozlangan. Jarrohlik sohasidagi tajribali mutaxassislar turli xil murakkablikdagi rejalashtirilgan yoki favqulodda operatsiyalarni bajaradilar. Statsionar bo'lim bir kishilik va ikki kishilik xonalardan iborat bo'lib, eng qulay sharoitlar va uch mahal ovqat bilan ta'minlangan. Ularning har birida alohida hammom, televizor, konditsioner bor.
yana
Nugmanov Vohid Zuxurjanovich
Dermatolog
Faziltepa ko`chasi, 21
Mo'ljal: Uchtepa tumani hokimligi
Toshkent shahridagi Hi Tech Laboratories ko‘p tarmoqli diagnostika markazi 2014-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. U ishlagan barcha yillar davomida yuqori malakali kadrlar va eng yaxshi jahon ishlab chiqaruvchilarining yuqori sifatli uskunalari bemorlarning ishonchini qozonishga yordam berdi. Bugungi kunga qadar klinikada tibbiyotning 15dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiy-diagnostika xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bu yerda siz keng qamrovli instrumental va laboratoriya tekshiruvidan o'tishingiz va tajribali mutaxassislardan natijalarning talqinini olishingiz mumkin. Ular sizga tashxis qo'yish uchun zarur bo'lgan tadqiqotlar ro'yxatini aniq belgilaydilar va siz keraksiz muolajalarga vaqtingiz va pulingizni sarflamaysiz. Hi Tech Laboratories diagnostika markazi shifokorlari Markazda LOR, endokrinolog, ginekolog, kardiolog, travmatolog, urolog, nevropatolog, jarroh, terapevt, pediatr, gastroenterolog shifokorlardan konsultatsiya olishingiz mumkin. Hi Tech Laboratories diagnostika markazi xizmatlari - 40dan ortiq turdagi ultratovush diagnostikasi - 200dan ortiq turdagi laboratoriya tahlillari - Magnit-rezonans tomografiya - Elektroansefalografiya - Kolposkopiya - Kolonoskopiya - MSKT - Diatermoelektrokoagulyatsiya (DEK) - Video EGDFS - Muolaja xonasi (mushak va tomir ichiga inyeksiya va boshqa muolajalar). Ko'chma laboratoriya xizmatlari mavjud. Shuningdek, ko'rik, konsultatsiya va ultratovush tekshiruvi uchun shifokorni uyingizga chaqirishingiz mumkin.
yana
Mansurova Diana Davlatvoevna
Dermatovenereolog
Xusayn Baykaro ko`chasi, 51
Mo'ljal: Bektimir tumani prokuraturasi
Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Ломакин Станислав Фергана
15 yan 2026
Благодарен за хорошее лечение от псориаса.
Fayzulla
15 yan 2026
Begzod aka rahmat. Ogriqla qoldi.Ishlarizga baraka . Ishini ustasi
Севара
15 yan 2026
ЮСУПОВ Алишер Давлатвич жуда зур врач уз ишни хакикий фидойси оллох рози булсин умрилари узок танлар сог бусин барчага курсатган яхшиликлари фарзадларидан кайтсин барча вирачлар Алишер Давлатвичдек болганда касал болалар асло булмасди халкниг дуоларидасиз
14 yan 2026
Zor
Анжела
14 yan 2026
Врач акушер-хирург Уктам Аблокулович профессионал от Бога..спасибо ему и его помощникам за наших двух внучек
Bemorlarga
Ma’lumotnoma

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.
© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI