#slider2

Vitamed Medical. Ginekologlar

🏥 Vitamed Medical klinikasi, Toshkent: 91 shifokor, 54 fikr-mulohaza. Onlayn yoki telefon orqali qabulga yozilish.

Vitamed Medical - bu mutlaqo yangilangan yuqori darajada xizmat ko'rsatuvchi ko'p tarmoqli tibbiyot markazi. U Hindistonning eng yirik tibbiyot institutlaridan biri Medanta - The Medicity bilan yaqin hamkorlik qiladi, u yerda eng zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, shifokorlarni tayyorlash va malakasini oshirish amalga oshiriladi. Vitamed Medical klinikasi Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan. U 5000 kvadrat metr maydonni egallaydi va 13ta bo'limdan iborat. Unda dorixona, parhez kafe va fitnes zali ham mavjud. Bemorlar ham ambulator, ham statsionar davolanishi mumkin. Klinika turli kasalliklarni tashxislash va davolash uchun Germaniya, Finlyandiya, Yaponiya, AQSH, Shveytsariya kabi mamlakatlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining uskunalari bilan jihozlangan. Vitamed Medical shifokorlari Klinikada 100dan ortiq tibbiyot xodimlari ishlaydi. Ularning aksariyati oliy toifali shifokorlar, fan nomzodlari va doktorlaridir. Bu yerda eng tajribali terapevtlar, jarrohlar, ginekologlar, pediatrlar va kardiologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, endokrinologiya, nefrologiya, urologiya, LOR, plastik jarrohlik, neonatologiya, bolalar ortopediyasi kabi mutaxassisliklar bo'yicha shifokorlardan professional tibbiy yordam olishingiz mumkin. Vitamed Medical xizmatlari Vitamed Medical keng turdagi tibbiy xizmatlarni taklif etadi. Laboratoriya diagnostikasi, MRT, ultratovush, EKG, endovideoskopiyadan o'tishingiz mumkin. Fizioterapiya, manual terapiya va massajning turli usullari qo'llaniladi. Operatsion blok zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Statsionar bo'lim esa 7ta palatani o'z ichiga oladi, ularning har birida alohida hammom, qulay mebel, televizor mavjud. Klinikada tayanch-harakat tizimi, asab va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini igna sanchish, massaj, kauterizatsiya, hijoma va boshqa usullar yordamida davolashga ixtisoslashgan muqobil tibbiyot bo‘limi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Vitamed Medical

Shota Rustaveli ko`chasi, 109

Du-Sh 08:00-17:30

doctor?.reviews_score 4.9 |
54 Sharhlar

«Vitamed Medical» klinikasi shifokorlari

Tashboyeva Movludaxon Ashurovna
Tashboyeva Movludaxon Ashurovna

Ginekolog,

Akusher

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Vitamed Medical
Vitamed Medical

Shota Rustaveli ko`chasi, 109

Mamatqulova Farida Risqulovna
Mamatqulova Farida Risqulovna

Ginekolog,

Akusher

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Vitamed Medical
Vitamed Medical

Shota Rustaveli ko`chasi, 109

Jamilova Shaxodat Sattarovna
Jamilova Shaxodat Sattarovna

Ginekolog,

Akusher

  • Birinchi konsultatsiyasi200 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Vitamed Medical
Vitamed Medical

Shota Rustaveli ko`chasi, 109

Shifokorlar mutaxassisliklari

Klinikaning ixtisoslashuvi

age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI