🏥 Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti klinikasi, Toshkent: 2 shifokor, 1 fikr-mulohaza. Onlayn yoki telefon orqali qabulga yozilish.
Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti 1932-yilda tashkil etilgan. U mamlakatimizda tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash bo‘yicha 90 yildan ortiq tajribaga ega. U shifokorlar malakasini oshirish bo‘yicha O'zbekistondagi asosiy o‘quv-uslubiy va ilmiy muassasa hisoblanadi. Institut xodimlarining 71,6 foizi ilmiy darajaga ega mutaxassislardir.Institut Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlardagi eng yaxshi tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Unda 60ta mutaxassislik boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash amalga oshiriladi. Hozirgi kunda uning tarkibiga • 5ta fakultet • 27ta ilmiy maktab • 52ta bo'lim • Yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan 5 ta simulyatsiya markazi kiradi. Institut klinik ordinatura, tematik kurslar, masofaviy ta’lim, shuningdek, xorijiy tillar va axborot texnologiyalari kurslarini taklif etadi. Bu yerda tibbiyot xodimlari zamonaviy ilm-fan va tibbiyot texnologiyalari asosida sifatli ta’lim oladi. Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti mutaxassislari Institutda yaxshi jihozlangan o‘quv baza va 600dan ortiq professor o'qituvchilar bor. Ulardan 3 nafari akademik, 50 nafardan ko'pi professor, 124 nafari tibbiyot fanlari doktori, 155 nafari tibbiyot fanlari nomzodi. Ular xalqaro konferensiya va seminarlarda ishtirok etib, boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan tajriba almashib turadi va faol ilmiy-amaliy faoliyat olib boradi.
Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti
Parkent ko`chasi, 51
Kardiolog
Bemorlarga
Ma’lumotnoma
saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.
© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI