Med24 rasmiy kanali

🏥 Dentario klinikasi, Toshkent: 4 shifokor, 7 fikr-mulohaza. Onlayn yoki telefon orqali qabulga yozilish.
Xato haqida xabar berish
Muqimiy ko'chasi, 17-uy
Du – Sh 09:00 – 18:00

5.0
Stomatolog-terapevt,
Stomatolog-jarroh,
Stomatolog-ortoped
Tajribasi 11 yil
5
Reyting va sharhlarga ko‘ra, bemorlar ushbu mutaxassisni tavsiya qilishadi
Sharhlar moderatsiyasi qoidalari
Sharh shaxsiy baholash va shifokor, klinika yoki dori vositasi bilan haqiqiy hayot tajribasini o'z ichiga olishi kerak. Sharh ma'lumotli bo'lishi va iloji boricha ko'proq faktik ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Portal muharrirlari sharh mazmunini saqlab qolish, nashr etishni taqiqlovchi so'zlar va iboralarni olib tashlash va sharhning mohiyati va asosiy mazmunini o'zgartirmaslik maqsadida tahrirlash huquqini o'zida saqlab qoladi. Sharhlar moderatsiyasi qoidalari
Гулнора
7 mart 2026
Кеча мен учун муҳим операция — синус лифтинг муваффақиятли ўтди. Шу муносабат билан Dentario Clinic жамоасига катта миннатдорчилик билдирмоқчиман. Айниқса шифокорим — Ботир Бобокулович Ашимовга алоҳида раҳмат! У киши нафақат юқори малакали гнатолог, стоматолог-терапевт, хирург ва ортопед, балки жуда ҳам инсонпарвар, беморнинг ҳолатини чуқур ҳис қила оладиган шифокор экан. Операциядан олдинги консультация пайтида ҳам менинг жисмоний ва руҳий ҳолатимни синчиклаб ўрганиб, тушунтириб берди, ишонч бағишлади, кайфиятимни кўтарди. Бу эса операцияга хотиржам киришимга катта ёрдам берди. Операция жараёнида эса жамоа билан жуда профессионал ишлади: ассистентларига аниқ вазифалар бериб, бир вақтнинг ўзида менинг ҳолатимни ҳам доим сўраб турди. Ёқимли мусиқа, самимий муҳит, ҳатто ҳазил-мутойибалар билан ҳаммамизнинг кайфиятимизни кўтариб, жуда енгил ва хотиржам атмосферада операцияни аъло даражада якунладилар. Ассистентлар ва бутун клиника жамоасига ҳам алоҳида раҳмат — меҳр, эътибор ва профессионализмингиз учун! Шифокор танлашда иккиланиб турганлар учун бемалол тавсия қиламан. Бу ерда сиз нафақат юқори даражадаги тиббий хизмат, балки ҳақиқий ғамхўрлик ва инсоний муносабатни ҳам ҳис қиласиз. 🙏
Sana: 7 mart 2026
klinika haqida ma'lumot
Dentario stomatologiya klinikasi Toshkentdagi estetik va funksional stomatologiyaning zamonaviy markazidir. Biz xizmatlarning to'liq to'plamini taqdim etamiz: ortodontiya (qavschalar, alignerlar), ortopediya (keramika qoplamalar, metallsiz va sirkoniy tojlar), implantologiya, terapiya, professional gigiena va gnatologiya (TMJ, bruksizm, jag' bo'g'imidagi og'riqlarni davolash). Bizning jamoamiz 10 yildan ortiq tajribaga ega, ilg‘or diagnostika va davolash usullari, zamonaviy materiallar va raqamli texnologiyalardan foydalanadigan tajribali shifokorlardan iborat. Biz bemorlarning qulayligi va xavfsizligi haqida qayg'uramiz, individual davolash rejalarini tuzamiz va eng tabiiy va uzoq muddatli natijalarga erishamiz.
Muqimiy ko'chasi, 17-uy
Bemorlarga
Ma’lumotnoma
Biz ijtimoiy tarmoqlarda

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.
© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI