Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan. U 1972 yildan buyon mamlakatimizning barcha hududlaridan bemorlarni qabul qilib, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Institut Turkiya, Singapur, Janubiy Koreya kabi xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Uning tarkibida poliklinika, diagnostika bo‘limi, jarrohlik bo'limi, statsionar, tez tibbiy yordam bo‘limi va og‘ir jarohat olgan bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi mavjud. Shifokorlar Bemorlar katta tajribaga ega oliy toifali shifokorlar, fan doktorlari va nomzodlarining ishonchli qo‘llarida bo‘ladi. Bu yerda oftalmologiya, travmatologiya, ortopediya, kardio-revmatologiya sohalari mutaxassislari kasbiy va ilmiy faoliyatni olib bormoqda. Zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda eng murakkab operatsiyalar amalga oshiriladi. Bolalar kardiojarrohligi bo‘limi tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarga yordam berishda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi. 2015-yilda esa markazda plastik jarrohlik bo‘limi ochildi, bu mamlakatimizda bolalarda plastik jarrohlikning barcha turlarini amalga oshiriladigan yagona muassasa hisoblanadi. Xizmatlar Institut eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Professional shifokor va hamshiralar kechayu kunduz bemorlarga xizmat ko'rsatadi. Keng ko'lamli diagnostika xizmatlari va 60dan ortiq turdagi laboratoriya tekshiruvlari o'tkaziladi. Ultratovush, rentgen, MRT, MSKT, KT angiografiya kabi tekshiruvdan o'tishingiz mumkin.
yanaBogishamol ko`chasi, 223
So'nggi sharhlar
Elbek
23 iyun 2025
Og'limni vitiliga oq sepkil dog'lari kamayyapti
Зубайр
23 iyun 2025
Л.В. Белова хорошо памагла моей маме.
Ленура
23 iyun 2025
Меня замучил красный плоский лишай. Оказываеться его действительно трудно лечить. Но доктор смогла подобрать мне действенные лекарства.
Жанна Гаспарян
23 iyun 2025
Приехала из Навои. Любовь Владимировна выписала мне курс лечения псориаза. Очень помогло!
Жанна Гаспарян
23 iyun 2025
Приехала из Навои. Любовь Владимировна выписала мне курс лечения псориаза. Очень помогло!
Bemorlarga
Ma’lumotnoma
saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.
© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI