Toshkentdagi Osiyo tibbiyot markazi ko'plab yo'nalishlar bo’yicha keng ko'lamli davolash-diagnostika xizmatlarini taklif etadi. Bu zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar, tajribali shifokorlar, ekspert toifasidagi laboratoriya va instrumental diagnostikaga ega klinika. U 2018 yilda ochilgan va jahon standartlari darajasidagi xizmatlari tufayli qisqa vaqt ichida bemorlarning ishonchini qozona oldi. AQShda ishlab chiqarilgan Ge Signa Creator 1.5T qo'shimcha 3D/4D funksiyalari va elastografiyasi bor Ultratovush apparati va Ge LOGIQ V5 Expert MRT apparatlari bor. Ular turli xil kasalliklarga dastlabki bosqichlarida ham aniq tashxis qo'ya oladi. Osiyo tibbiyot markazi shifokorlari Klinikada nevrolog, nevropatolog, bolalar nevropatologi, pediatr, ginekolog, terapevt, kardiolog, endokrinolog, travmatolog, massajchi-reabilitolog, rentgenolog va boshqa mutaxassisliklari bo'yicha shifokorlar ishlaydi. Ular har bir bemorning sog'lig'ini baholashda individual yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Shuningdek, klinikada oilaviy psixolog va bolalar psixologi konsultasiyasi xizmati mavjud. Klinikaning bemorlariga bepul konsultasiya o’tkazish uchun muntazam ravishda Hindistondan yetakchi mutaxassislar taklif qilinadi. Osiyo tibbiyot markazi xizmatlari - Mutaxassis konsultasiyasi - Ultratovush diagnostikasi (UZD) - Laboratoriya tadqiqotlari - Magnitorezonans tomografiya (MRT) - Multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) - Elektrokardiografiya (EKG) - Elektroensefalografiya (EEG) - Kolonoskopiya - Videoendoskopiya - Ko’chma laboratoriya xizmatlari - Ozonoterapiya - Massaj.
yanaDiagnostika va davolash xizmatlarining to‘liq to‘plamiga ega bo‘lgan Akfa Medline ko‘p tarmoqli tibbiy markazi yordamida siz tez va oson sifatli tibbiy yordam olishingiz mumkin. Yuqori malakali xodimlar va eng sifatli uskunalarga ega klinika sog'ligingiz uchun zarur bo'lgan hamma narsani bir joyda taqdim etadi. Unda barcha tor mutaxassisliklar bo'yicha shifokorlar xizmatidan foydalanish mumkin bo'lgan poliklinika, operatsion blok, shinam palatalardan iborat 12 qavatli shifoxona, eng yangi ish qurollari bilan jihozlangan laboratoriya, spa va restoran mavjud. Akfa Medline ko'p tarmoqli klinikasi shifokorlari Klinikada sizga ko'p yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar xizmat ko'rsatadi. Bu yerda neyroxirurgiya, angioxirurgiya, kardiojarrohlik va ortopediya yo‘nalishlarida murakkab operatsiyalar amalga oshiriladi. Shifokorlar jamoasi har bir bemorga individual yordam ko'rsatish va davolashni ta'minlashga intiladi. Akfa Medline klinikasida keng qamrovli diagnostika va malakali davolashdan tortib jarrohlik operatsiyalarigacha bo'lgan barcha jarayonlar davomida ishonchli qo'llarda bo'lasiz. Akfa Medline klinikasi xizmatlari Klinika o'z bemorlariga barcha turdagi tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. U Yevropa sifatdagi yangi uskunalar bilan jihozlangan: nemis brendining SIEMENS radiologik tadqiqot apparati, ROCHE HITACHI kompaniyasining immunologiya va biokimyo bo‘yicha tadqiqot apparati va boshqalar. Klinikaning har bir xonasida kombayn-stansiyalar o‘rnatilgan. Statsionar bo'limda esa 4ta intensiv terapiya xonasi va 9ta qavatda alohida hammom, internet va televizor bilan jihozlangan palatalar bor. Klinikada fitnes zali va saunaga ega spa ham faoliyat olib boradi. Fizioterapiya, balneologiya, akupunktur, gidroterapiya va boshqa xizmatlar mavjud.
yanaKichik Xalka Yo`li, 5A
So'nggi sharhlar
15 iyun 2025
ассалому алекум делает операции на мировом уровне !!
15 iyun 2025
Ассалому алекум делает операции на мировом уровне!
Темиров Рахматжон
13 iyun 2025
Очен дорого
Зинаида Комаренко
13 iyun 2025
Доктор успешно лечила мою эритему.
Земель Маргарита Сергеевна
13 iyun 2025
Огромное спасибо за вылечивание псориаза.
Bemorlarga
Ma’lumotnoma
saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.
© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI