Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Viviron Plyus umumiy holsizlikda, anareksiyada, kuchli charchoqda, asab charchaganda, infektsiyalarga qarshilik kamayganida, bolalarning o'sishi va rivojlanishi sekinlashganida, jarrohlik aralashuviga tayyorganlikda, xavfli anemiyada, jigar kasalliklari va vitaminlar yetishmovchiligida, temir tanqisligi anemiyasida, folat yetishmovchiligida (digidrofolatning reduktazasi ingibitorlari tufayli rivojlangan folat yetishmovchiligidan tashqari; bunday hollarda kalьtsiy folinati ishlatiladi), folatga bog'liq megaloblast anemiyada, shuningdek homiladorlik davridagi megaloblastik anemiyaning rivojlanishini oldini olish uchun, V1 vitamini yetishmovchiligida, piridoksin bilan bog'liq yetishmovchilikda, shuningdek nasliy yoki chaqaloqlikda orttirilgan piridoksin bilan bog'liq yetishmovchilik sindromlari tufayli rivojlangan xurujlarni davolashda, depressiyalarda va predmenstrual sindrom hamda oral kontratseptivlarni qabul qilish bilan bog'liq boshqa simptomlarda, nikotinamid yetishmovchiligida qo'llanadi.
Viviron Plyusni homiladorlik davrida temir va folat kislotasi yetishmovchiligini oldini olish uchun va adekvat bo'lmagan parhezlar ishlatilganida qo'shimcha sifatida ishlatish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Viviron Plyus preparatining har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlida qo'llash mumkin emas.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.