Hududni tanlang
group

ТРАКС eritma

East African (India) Overseas (Hindiston)

Yo'riqnoma TRAKS eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Fibrinolizni tarqalgan kuchayishi fonida qon ketishlari yoki qon ketishlarini rivojlanish xavfi (operasiya vaqtidagi va operasiyadan keyingi davrdagi qon ketishlar, tug'ruqdan keyingi kon ketishlar, yo'ldoshni qo'lda ajratib olish, xorionni ko'chishi, homiladorlikdagi qon ketishi, me'da osti bezi va prostata bezini xavfli o'smalari, gemofiliya, fibrinolitik davolashning gemorragik asoratlari, trombositopenik purpura, leykozlar, jigar kasalliklari, ilgari streptokinaza bilan davolash);
  • Fibrinolizni maxalliy kuchayishi fonida qon ketishlari yoki qon ketishlarini rivojlanish xavfi (bachadondan, burundan, me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, gematuriya, prostatektomiyadan keyingi qon ketishlar, bachadon bo'ynini karsinomasi yuzasidan o'tkazilgan konizasiya, gemorragik diatez bilan xastalangan bemorlarda tishni ekstraktsiya qilish);

  • Qovuqda o'tkaziladigan operativ aralashuvlar;

  • Tizimli yallig'lanish reaktsiyalarida, shu jumladan sepsis, peritonit, pankreonekroz, o'rtacha va og'ir darajadagi gestoz, turli etiologiyali shokda qo'llanadi.



Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Subaraxnoidal qon quyilishlar

Preparatning komponentlariga yukori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Preparatni trombozlarda (shu jumladan bosh miya tomirlarini trombozi, miokard infarkti, chuqur venalar tromboflebiti, tromboembolik sindromda) yoki ularni rivojlanish xavfi bo'lganida, trombogemorragik asoratlarda (geparin va bilvosita antikogulyantlar bilan majmuaviy davolashda), rang ajratishni buzilishi, siydik chiqarish yo'llarining yuqori bo'limlaridagi gematuriya (qon quyqasi bilan obstruktsiya bo'lishi mumkin), buyrak etishmovchiligida (kumulyasiyani rivojlanish xavfi oshishi tufayli) ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ТРАКС eritma boshqa turlari

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

TRAKS eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

TRAKS eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

TRAKS eritma dori vositasi East African (India) Overseas (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

TRAKS eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

TRAKS eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

TRAKS eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI