Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Tayanch-harakat apparatining quyidagi yalligʻlanishli va degenerativ kasalliklarini:
osteoartroz, revmatoid artrit, ankilozlovchi spondiloartrit
ogʻriq sindromi: tendinit, bursit, radikulit, periartrit, miozit;
osteoxondroz, umurtqa pogʻonasida ogʻriq;
nevralgiya, mialgiya;
jarohatlarda ogʻriq sindromi;
oʻtkir podagrik artritda ogʻriqni bartaraf etish;
algodisminoreyada simptomatik davolash uchun qoʻllaniladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan anamnezdagi);
meʼda-ichakdan qon ketishlari (shu jumladan anamnezdagi);
ogʻir kechuvchi gastrit;
bronxial astma, burunning va burun oldi boʻshliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasini yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarini oʻzlashtiraolmaslikni toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan qoʻshilishi (shu jumladan anamnezdagi);
gemofiliya;
gipokoagulyatsiya;
buyrak yetishmovchiligi;
jigar yetishmovchiligi;
buyrakning avj olib boruvchi kasalliklari, jigarning faol kasalligi;
aorta-koronar shuntlash oʻtkazilganidan keyingi holat;
tasdiqlangan giperkalsiyemiya;
eshitishni pasayishi, vestibulyar apparatining patologiyasi;
homiladorlik, laktatsiya davri;
tenoksikamga va boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Preparatni homiladorlik davrida qoʻllash mumkin emas, chunki homiladorlik muddatini uzayishi, tugʻruqni kechikishi va tugʻruq faoliyati kuchsiz (miometriyning ritmik qisqaruvchanlik faolligini ragʻbatlantiruvchi prostaglandinlarning sintezini pasayishi natijasida) boʻlishi mumkin.
Preparatni laktatsiya davrida qoʻllash zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish kerak.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.