Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Suaron quyidagilarni davolash uchun tavsiya etiladi :
- osteoartiritdagi, choʻzilishlar va chiqishlardagi ogʻriqlar va yalligʻlanishlar;
- boʻgʻimlar va mushaklarga taʼluqli ogʻriqli xolatlar (shu jumladan revmatoid artrit, ankilozlovchi spondilit, bakterial artrit, bursit, tendovaginit);
- tish ogʻrigʻi va dismenorreyani (ogʻriqli xayz koʻrishlar) davolash uchun tavsiya etiladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- nimesulidga yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYAQV ga yuqori sezuvchanlik;
- zoʻrayish bosqichidagi meʼda va oʻnikki barmoq ichak yara kasalligi;
- jigar va buyraklar faoliyatining oʻrtacha yoki yaqqol buzilishlari;
-xomiladorlik;
- laktatsiya (emizish).
EXTIYOTKORLIK CHORALARI
Nimesulid qon ivish tizimining kasalliklari boʻlgan bemorlarga va meʼda-ichak yoʻllarining yuqori boʻlimlarining buzilishlari boʻlgan bemorlarga, shuningdek antikoagulyantlar yoki antiagregentlarni (trombotsitlar alergiyasiga toʻsqinlik qiladigan preparatlar) qabul qilayotgan bemorlarga nimesulid extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Nimesulidning buyraklar orqali chiqarilish tufayli, buyraklar faoliyatining buzilishi boʻlgan bemorlarda kalava filtratsiyasining kattaligiga qarab, dozani pasaytirish kerak.
Preparat toʻqimalarda suyuqlikni tutilib qolishini chaqirishi mumkin, shuning uchun yurak
yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda nimesulid maxsus extiyotkorlik bilan qoʻllanishi kerak. NYAQV qabul qilinganida ilgari koʻrishning buzilishi qayd etilgan bemorlar, nimesulid fonida koʻrishning oʻzgarishlari aniqlangan xollarida, davolashni toʻxtatishlari va oftalmologik tekshiruvdan oʻtishlari kerak.
Keksa patsiyentlarg, ayniqsa ularda agarda qarilik xolsizligi kuzatilsa nimesulidni extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Nimesulid antikoagulyantlar, diuretiklar, antigipertenziv preparatlar, gipoglikemik preparatlar, digoksin, fenitoin, litiy preparatlari , boshqa NYAKV lar, siklosporin, metotreksat bilan birga buyurilganida extiyotkorlikka rioya qilish kerak.