LOR-a'zolarining infektsiyalari (shu jumladan o'tkir yuqori jag'sinusiti);
quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (shu jumladan surunkali bronxitni zo'rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya);
siydik chiqarish yo'llari va buyraklarning infektsiyalari (shu jumladan o'tkir pielonefrit);
jinsiy a'zolarning infektsiyalari;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari (yiringlagan ateromalar, abssess, furunkulez);
sepsis;
intraabdominal infektsiyada qo'llanadi.
homiladorlik va laktasiya davri; bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas.
Preparatni buyraklar funktsiyasini yondosh pasayishi bo'lishini yuqori ehtimoli tufayli, keksa yoshdagi shaxslarda, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
faol modda: 500 mg levofloksasinga ekvivalent levofloksasin gemigidrati;
yordamchi moddalar: suvsiz dekstroza, dinatriy edetati, suvsiz limon kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Mikroblarga qarshi faolligi:
In vitro sharoitda levofloksasin grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan keng mikroblarga qarshi faollik namoyish qiladi.
Levofloksasin va boshqa ftorxinolonlar orasida kesishgan rezistentlik aniqlanadi, lekin boshqa ftorxinolonlarga rezistent mikroorganizmlar, levofloksasinga sezgir.
In vitro va klinik sharoitlarda preparat quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan eng samarali:
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Enterobacter cloacae, Legionella pneumoniae, Escherichia coli, Moraxella catarrhalis, Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Haemophilus parainfluenzae, Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae, Acinetobacter baumannii, Klebsiella oxytoca, Bordetella pertussis, Proteus vulgaris, Enterobacter agglomerans, Acinetobacter calcoaceticus, Morganell morganii, Citrobacter diversus, Providencia rettgeri, Citrobacter freundi, Providencia stuartii, Enterobacter aerogenes, Pseudomonas fluorescens, Enterobacter sakazakii, Serratia marcescens.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Enterococcus faecalis (ko'pchilik turlari o'rtacha sezuvchanlikka ega), Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir turlari), Staphylococcus epidermidis (shu jumladan penisillinga rezistent shtammlari), Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Viridans group streptococci.
Anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfringens.
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Ureaplasma urealyticum, Mycobacterium spp., Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Ricketsia spp.
Organizmning to'qimalari va suyuqliklariga: o'pka, bronxlar shilliq qavati, siydik-jinsiy tizimi a'zolari, suyak to'qimasi, balg'am, orqa miya suyuqligi; leykositlar, makrofaglarga yaxshi kiradi. Levofloksasinning o'pka to'qimasidagi kontsentrasiyasi qon plazmasidagiga qaraganda 2-5 marta yuqori. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - 30-40%. 500 mg levofloksasin sutkada 2 marta yuborilganidagina ahamiyatsiz to'planishi aniqlanadi.
Buyrak klirensi umumiy klirensining 70% ni tashkil qiladi.
Preparat qisman metabolizmga uchraydi. Jigarda katta bo'lmagan qismi oksidlanadi va/yoki dezatsetilizasiyaga uchraydi. Asosan kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yo'li bilan buyraklar orqali chiqariladi. O'zgarmagan xolda buyraklar orqali 24 soat davomida taxminan 70% va 48 soatda - 87% chiqariladi; faol bo'lmagan metabolitlari ko'rinishida 5% dan kamrog'i 48 soat davomida chiqariladi.
Alohida guruh bemorlar:
Buyrak etishmovchiligi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarda levofloksasinning plazmadan yarim chiqarilish davri oshgan, bu holat to'planishdan saqlanish uchun dozaga tuzatish kiritishni talab qiladi. Levofloksasin organizmdan gemodializ yoki davomli ambulator peritoneal dializ yo'li bilan chiqarilmaydi.
Jigar etishmovchiligi. Jigar funktsiyasini buzilishi levofloksasinning metabolizmiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.
Ofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin
Levofloksasin